O‘zbekiston Qurolli kuchlarining 25-yiligini kutib olmoqda

© IA "Jaxon"O‘zbekiston harbiy xizmatchisi
O‘zbekiston harbiy xizmatchisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan 25-yil oldin ilk qadamini qo‘ya boshlagan O‘zbekiston Qurolli kuchlari bugungi kunda, MDHning eng kuchli armiyalaridan biriga aylangan. Bugun ushbu bayram Respublikaning barcha hududlarida katta tantana bilan kutib olinmoqda.

TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Qurolli kuchlari 25-yil oldin ilk mustaqil qadamini qo‘ya boshlagan edi. O‘zbekiston Birinchi prezidenti Islom Karimov boshchiligida o‘tkazilgan samarali islohotlar natijasida O‘tgan davr mobaynida  O‘zbekiston armiyasi nafaqat O‘rta Osiyoning, balkim MDHning yetakchi armiyalaridan biriga aylandi.

Globalfirepower nashri xabariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekiston qurolli kuchlari dunyo mamlakatlari orasida 48 o‘rinda, MDHda uchinchi o‘rinni egallab kelmoqda.

2016 yil oxirida Rossiya bilan harbiy-texnik hamkorlik haqida shartnoma imzolaganidan keyin, ushbu sohada hamkorlik izchil rivojlanmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Rossiyadan vertolet va boshqa harbiy texnikalarni Rossiya ichki bozori narxida sotib olishi imkoniga ega bo‘ldi.

Tank T-64BV. - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va O‘zbekiston harbiy-texnik hamkorlik shartnomasi imzolashdi

Undan tashqari, o‘tgan yilning sentabr oyida, uzoq tanaffusdan so‘ng, O‘zbekiston qurolli kuchlari zobitlari Rossiya harbiy o‘quv yurtlarida ta’lim ola boshladi. Bugungi kunda 20 ga yaqin O‘zbekistonlik zobitlar Rossiyada havo mudofaasi mutaxaasisligi bo‘yicha ta’lim olmoqdalar.

Ushbu yilning 14-yanvarida O‘zbekiston Qurolli kuchlari tashkil qilinganiga 25-yil to‘ladi. Ushbu munosabat bilan O‘zbekistonning barcha viloyatlarida turli tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Andijon viloyat Musiqali drama teatrida "Harbiy qo‘shiqlar” viloyat ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Unda viloyatdagi harbiy qismlar jamoalari hamda yakkaxon ijrochilari qatnashdilar. Hakamlar hay’atining yakuniy qaroriga ko‘ra Andijon garnizoni orkestri yakkaxon solisti, serjant Asomiddin Chorshanbiev 1-o‘rinni, shartnoma asosidagi harbiy xizmatchi Mirshod Norov 2-o‘rinni va Mirzohid Muhammedov 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. G‘olib va sovrindorlarga viloyat hokimining tashakkurnomasi hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

© Ministerstvo Kulturi Uzbekistana "Harbiy qo‘shiqlar” viloyat ko‘rik-tanlovi
Videomost mejdu voyennoslujashimi i roditelyami - Sputnik O‘zbekiston
"Harbiy qo‘shiqlar” viloyat ko‘rik-tanlovi

Toshkent Oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtida mamlakatimiz mustaqilligini himoya qilishda erishgan yutuqlari uchun bir guruh harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston prezidenti nomidan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25-yil” esdalik belgilari topshirildi.  

Toshkent Oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti esa — O‘zbekiston Qurolli kuchlari uchun har tomonlama yetuk, yuqori malakali zobitlar tayyorlash ishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shayotgani qayd etildi va to‘rtinchi bor “Eng yaxshi oliy harbiy bilim yurti” nomiga sazovor bo‘ldi.

© jahonnews.uzHarbiy xizmatchilarga “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25-yil” esdalik belgilari topshirildi
Vruchenie pamatnix znakov v chest 25 letiya Voorujennix sil Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Harbiy xizmatchilarga “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25-yil” esdalik belgilari topshirildi

Surxondaryo viloyatida tashkil Vatan himoyachisi kuniga bag‘ishlangan tadbirlarda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlar va mustaqillik yillarida harbiy xizmatni o‘tash chog‘ida halok bo‘lgan askarlarning onalariga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Buxoroda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yangi o‘quv-tayyorlov markazi ochildi hamda Vatan himoyachilari kuni arafasida Buxoro viloyati harbiy xizmatchilari oilalariga tantanali ravishda kvartiralar kalitlari topshirildi.

© MChS UzbekistanaFavqulodda vaziyatlar boshqarmasining yangi o‘quv-tayyorlov markazi ochildi
Torjestvennoe otkritie novogo kompleksa zdaniy UChS Buxarskoy oblasti  - Sputnik O‘zbekiston
Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yangi o‘quv-tayyorlov markazi ochildi

Toshkent viloyati Zangiota tumanda “Askar onalarini sharaflaymiz” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda yurtimizning turli hududlarida Vatan oldidagi yigitlik burchini o‘tayotgan vohalik askarlarning onalari, harbiy xizmatchilar, keng jamoatchilik vakillari va yoshlar ishtirok etdi. 

Undan tashqari bir necha viloyatlar orasida o‘z harbiy xizmatlarini boshqa viloyatlarda o‘tayotgan askarlar va ularning ota-onalari orasida “Mening o‘g‘lim – vatan himoyachisi” nomli videomuloqot o‘tkazildi. Bunday videokonferensiya Andijon va Samarqand, Namangan va Navoiy viloyatlari orasida o‘tkazildi. Muloqotlarda o‘z yigitlik burchini ado etayotgan bir guruh askarlar, o‘zlarining ota-onalari bilan muloqot qilib salom salom yo‘llashdi. Tadbirda askarlar "Vatan”, "Ona”, "Yigit qasami” kabi she’riy misralarni o‘qildi.

© Ministerstvo Kulturi UzbekistanaViloyatlar orasida videomuloqot va askar onalari bilan uchrashuv
Videomost mejdu voyennoslujashimi i roditelyami - Sputnik O‘zbekiston
Viloyatlar orasida videomuloqot va askar onalari bilan uchrashuv

Xorazmda ham Qurolli kuchlarning 25-yilligiga bag‘ishlangan, “Askar onalarini sharaflaymiz!” tadbir tashkil etildi. Tadbir doirasida tantanali yig‘ilishlar, konsert dasturlari va taqdirlash marosimlari bo‘lib o‘tdi.  Viloyatining barcha shahar va tumanlaridan askar onalarini Urganch shahridagi "Yoshlik” to‘yxonasiga taklif qilindi. Ularni To‘yxona oldida karnay-surnaylar bilan kutib olindi.  Tadbirda Qurolli Kuchlar saflarida har tomonlama yetuk, chuqur bilim, qobiliyatga ega bo‘lgan yigitlar xizmat qilayotganligini qayd etildi.

© xorazm.uzXorazmda "Askar onalarini sharaflaymiz!” tadbiri
Xorazm viloyatida harbiy xizmatchilarni tabriklash - Sputnik O‘zbekiston
Xorazmda "Askar onalarini sharaflaymiz!” tadbiri

Qashqadaryo viloyatida joylashgan turli harbiy qismlarda harbiy xizmatchilar uchun "Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Jumladan Qarshi davlat universitetida, Muborak tumanidagi bolalar musiqa va san’at maktabida askarlar uchun "Bayramingiz muborak aziz Vatan posbonlari” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

© Ministerstvo Kulturi UzbekistanaQurolli kuchlar 25-yilligiga bag‘ishlangan konsert
Muzikalniy konkurs sredi voyennoslujashix  - Sputnik O‘zbekiston
Qurolli kuchlar 25-yilligiga bag‘ishlangan konsert

Yangiliklar lentasi
0