TOSHKENT, 16 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayevga "Boing 747" yuk samolyoti falokatga uchrab, koʻplab insonlar, jumladan, bolalar halok boʻlgani munosabati bilan hamdardlik izhor etdi, deb xabar berdi Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati.
Dushanba kuni Turkiyadagi aviakompaniyalardan biriga qarashli "Boeing 747" yuk samolyoti Bishkekdagi Manas aeroportidan bir necha kilometr narida halokatga uchradi.
Layner Dacha-Suu qishlogʻi yaqinida qulagan. U Gonkong-Istanbul reysi boʻyicha parvoz qilgan va Bishkekda yoqilgʻi quyishi kerak boʻlgan.
Soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda, fojia oqibatida 34 kishi halok boʻlgan. Halokatga koʻrish darajasining yomonligi sabab boʻlgan degan taxmin ilgari surilmoqda.
Sodir boʻlgan voqea sabablarini aniqlash uchun IIV va DMXQ organlari xodimlaridan iborat maxsus hukumat komissiyasi tuzildi.