Dunyoda

Rossiya va Turkiya "Islom davlati"ga qarshi hamkorlikdagi ilk operatsiyani oʻtkazmoqda

© Sputnik / Dmitriy Vinogradov / Fotobankka oʻtishRossiyaning mashhur Su-24 bombardimonchi samolyoti
Rossiyaning mashhur Su-24 bombardimonchi samolyoti - Sputnik Oʻzbekiston
Suriya tomon bilan muvofiqlashtirilgan operatsiya Al-Bab aholi yashash punkti yaqinida oʻtkazilmoqda, deb xabar qilgan RIA Novosti

TOSHKENT, 18 yanv — Sputnik. Rossiya Harbiy Kosmik kuchlari va Turkiya Harbiy Havo kuchlari "Islom davlati" terrorchilik uyushmasiga qarshi hamkorlikdagi ilk havo operatsiyasini amalga oshirmoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Nashr xabariga koʻra, bu haqda boʻlib oʻtgan brifing chogʻida Rossiya Havo kuchlari Bosh shtabi operativ boshqarmasi rahbari general-leytenant Sergey Rudskoy xabar qilgan.

Palmira shahri - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
OAV: Rossiya, Turkiya va Eron Suriyani boʻlib olmoqchi
Suriya tomon bilan muvofiqlashtirilgan operatsiya Al-Bab aholi punkti yaqinida oʻtkazilmoqda. Havo operatsiyasida Rossiya HKKning toʻqqizta zarba beruvchi samolyotlari — yaʼni toʻrtta Su-24M, toʻrtta Su-25 va bitta Su-34 bombardimonchi samolyoti, hamda Turkiyaning sakkizta — (toʻrtta F-16 va toʻrtta F-4) samolyotlari qatnashmoqda.

Rudskoy bu samolyotlar 36ta obʼyekt boʻyicha zarba berishayotganini maʼlum qilgan. "Zarbalarning barchasi ikkala mamlakat Bosh shtablari va aviatsiya guruhlari liniyalari boʻyicha oldindan kelishib olingan", — degan Rudskoy.

General-leytenantning soʻzlariga koʻra, operatsiyaning ilk natijalari Rossiya va Turkiya guruhlari oʻzaro harakatlari yuqori samara berayotganini namoyish qilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala