Jamiyat

Moldova prezidenti: Bizga MDH bilan hamkorlik qilish samarali

© Sputnik / Grigoriy SыsoyevMoldova prezidenti Igor Dodon Dmitriyu Kiselevu bilan suhbatda
Moldova prezidenti Igor Dodon Dmitriyu Kiselevu bilan suhbatda - Sputnik Oʻzbekiston
Moldova Respublikasi prezidenti Igor Dodon "Rossiya Segodnya" xalqaro axborot agentligi direktori Dmitriy Kiselev savollariga javob berdi.

TOSHKENT, 19 yanv — Sputnik. Dmitriy Kiselev bilan boʻlgan intervyuda Igor Dodon MDH mamlakatlari bilan hamkorlik qilish Moldova uchun samarali boʻlishini aytdi.

Moldova prezident saylovi gʻolibi Igor Dodon - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Moldovada Rossiya tarafdori Igor Dodon prezident boʻladi

Dodon aytishiga qaraganda, MDH mamalkatlari va Rossiya bilan yaqin hamkorlik munosabatlari oʻrnatish uchun Yevropa Ittifoqi bilan assotsiatsiya haqida tuzilgan shartnomani bekor qilish kerak boʻladi. Buning uchun esa Moldova parlamentida koʻpchillik deputatlar ovoz berish kerak.

Shu bilan bir vaqtda, Molodova prezidenti ish yoʻqligi va qiyin iqtisodiy ahvol tufayli Moldovadan koʻplab aholi chiqib ketayotgani va ishsizlar soni koʻpayib ketayotganini xabar qildi.

"Har kuni Moldovadan rasman 109 kishi chiqib ketmoqda. Bugungi kunda nafaqaxoʻrlar soni 700 ming kishini, ishlayotganlar soni esa — 650 ming kishini tashkil qilmoqda", — dedi Dodon.

Molodova prezidenti aytishiga qaraganda Yevropa Ittifoqiga qoʻshilish haqida shartnoma imzolanganidan keyin Moldovaning nafaqat Rossiyaga bozoriga eksporti, balkim Yevropa bozoriga ham eksporti oldingidan kamayib ketgan.

Molodva prezidenti nomzodi Igor Dodon - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Moldova prezident saylovida Igor Dodon yetakchilik qilmoqda

Bugungi kunda Dodon, mamlakatda tezkorlik bilan ishchi oʻrinlari tashkil qilishish, Rossiya va MDH bozoriga Molodova mahsulotlarini qaytarish va chet el investorlarini chorlashni birinchi oʻrinda turgan vazifalar deb biladi.

Igor Dodon Rossiyaga uch kunlik rasmiy tashrif bilan kelgan. U 18 yanvar kuni Vladimir Putin bilan uchrashuv oʻtkazgan edi.

Dodon shuningdek Moskvadagi shaxmat muzeyiga tashrif buyurishni va Rossiyada ishlayotgan moldovalik migrantlar bilan uchrashuv rejalashtirgan. Dastlabki xabarlarga koʻra ushbu uchrashuvga mingdan ortiq kishi kelishi kerak.

Eslatib oʻtamiz, Rossiya hududida rasman ishlayotgan Moldova fuqarolari soni 500 ming kishini tashkil qiladi.  Ular har yil oʻz yurtiga 1 milliard dollardan koʻp mablagʻ joʻnatmoqda. Bu mamlakat byudjetining yarmini tashkil qiladi. Bu mablagʻ — mamlkatga kiritilgan investitsiyalardan 4-5 barvar koʻp.

Polnoye intervyu prezidenta Moldovы Igorya Dodona Dmitriyu Kiselevu
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala