Jamiyat

Oʻzbekistonliklar qaysi avtomobillarni koʻproq sotib olishlari aniqlandi

© StringerChevrolet Captiva
Chevrolet Captiva - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan avtomobillar internetdagi barcha xaridlarning 56%ini tashkil etadi

TOSHKENT, 1 fev — Sputnik. Oʻzbekistonliklar internet orqali Chevrolet avtomobillarini boshqa rusumdagi avtomobillarga nisbatan koʻproq sotib olishadi, degan xulosaga kelishdi 2016 yilgi statistikani oʻrgangan OLX eʼlonlar xizmati analitiklari.

Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan avtomobillar internetdagi barcha xaridlarning 56%ini tashkil etadi. Bu rusumdagi mashinalarni onlayn orqali bir necha ming dollarga topish mumkin.

Ikkinchi oʻrinni Rossiyaning AvtoVAZa zavodi mahsulotlari band etdi, ular OLX orqali amalga oshirilgan xaridlarning 16,5%ini tashkil qilgan.

Uchinchi oʻrin Daewoo rusumiga nasib qildi. Mazkur brend ostidagi mashinalar xaridi oʻn foizga teng.

GM Uzbekistan avtomobil zavodi - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
GM Uzbekistan avtombillarni onlayn sotadi

Beshlikka shuningdek, nemislarning Mercedes va Rossiyaning GAZ avtomashinalari ham kirdi. 2016 yilda ularning savdodagi ulushi 2%dan boʻlgan.

Oʻnlikni ulushi 0,7dan 2%gacha boʻlgan avtomobillar yakunlaydi. Ular orasida BMW va "Moskvich" yuqoriroqda joylashgan. Ulardan keyingi oʻrinni Hyundai egallagan. Roʻyxat oxirida Nissan va Toyota 0,8%dan ulush bilan turibdi.

Eng ommabop model Chevrolet Spark boʻldi. U jami xaridlarning 16,6%ini tashkil qilgan. Keyingi oʻrinda 12,9% ulush bilan Lacetti turibdi. Chevrolet Nexianing ulushi 10,1%ga toʻgʻri kelgan boʻlsa, Matiz undan yarim foizga ortda qolgan. Cobalt hissasiga 7,4% xarid toʻgʻri keladi. Oltinchi oʻrinda 4,4% bilan Daewoo Matiz bormoqda, undan keyingi oʻrinlarni Chevrolet Captiva va Daewoo Nexia 3,9% ulush bilan egallagan. VAZ 2106 xaridlarning 3%ini tashkil qildi, jami xaridlarning qolgan 40%i boshqa modeldagi avtomobillarga toʻgʻri keladi.

© OLXOLX Oʻzbekistondagi eng ommabop avtomobillarni eʼlon qildi
OLX nazval samыe populyarnыe avtomobili v Uzbekistane  - Sputnik Oʻzbekiston
OLX Oʻzbekistondagi eng ommabop avtomobillarni eʼlon qildi

OLXda eng arzon avtomobil narxi ikki million soʻmdan boshlanadi. baʼzida esa antiqa takliflar ham uchrab qoladi. Masalan, toʻliq taʼmirdan chiqarilgan qadimiy "Chayka" uchun 100 ming dollar soʻrashgan.

Ozgina yurgan Mercedes G55 yoʻltanlamasini 130 ming dollarga berishadi. Germaniyadan keltirilgan Porsche Cayenne 95 ming, Panamera 88 ming dollar turadi.

RAVON R2 - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Ravon R2 Rossiyada eng koʻp sotilgan avtomobil boʻldi

Tezlikni xush koʻruvchilar uchun 60 ming dollarga Maserati Ghibli sotiladi. Mashhur Ford Mustang ham shu narxga tushadi, eʼlon muallifi mashinani yer uchastkasiga almashtirishga ham tayyor.

2016 yilda OLXda sotilgan eng qimmat mashina esa 220 million soʻm — 67,5 ming dollarlik Audi Q7 boʻldi.

OLX eʼlonlar xizmati (ilgarigi Torg.uz) 130 mingdan ortiq takliflarni chop etadi va har oyda 80 mingdan ortiq eʼlon qoʻshiladi. OLX — dunyodagi yetakchi bepul eʼlonlar maydoni boʻlib, 40dan ortiq mamlakatda faoliyat koʻrsatadi. U Naspers global media va raqamli kompaniyasiga tegishli.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala