Jamiyat

Pensiya, nafaqa va stipendiyalar naqd pulda beriladi

© Flickr / Chris PriceOʻzbek soʻmi
Oʻzbek soʻmi - Sputnik Oʻzbekiston
Mirziyoyevning qaroriga asosan fevraldan boshlab pensiya va nafaqa toʻlovlari faqat naqd pulda beriladi. Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi qarorning bajarilishini nazorat qilib boradi

TOSHKENT, 2 fev — Sputnik. Oʻzbekistonda 1 fevraldan boshlab pensiya va nafaqa toʻlovlari faqat naqd pulda beriladi, bu haqda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2 fevralda eʼlon qilingan qarorida maʼlum qilindi.

Undan tashqari fevral oyidan boshlab uzoq va togʻli hududlarda yashovchi aholi oylik maoshlari, shuningdek oliy taʼlim maskanlari talabalarining stipendiyalarining 50%i naqd pulda toʻlanishi kerak.

Keksa kishi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Pensiya taʼminotida yangi yildan joriy etilgan asosiy oʻzgarishlar haqida
Mazkur Qaror "Oʻzbekiston" telekanali orqali oʻqib eshittirildi.

Barcha pensiya va nafaqalar kelgusi oyning 20-sanasiga qadar toʻlanishini taʼminlash kerakligi taʼkidlandi.

Qarorning amalda tadbiq qilinishini Oʻzbekiston Markaziy Banki, Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Pochtasi zimmasiga yuklatildi. Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi qarorning bajarilishini nazorat qilib boradi.

Qarorning qabul qilinishiga fuqarolardan kelib tushayotgan koʻplab murojaatlar asos boʻlgani aytilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala