Iqtisod

Valyuta tushumining 75%i markazlashmagan eksportchi korxonalarning oʻzlarida qoladi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Endilikda markazlashmagan eksportni amalga oshiruvchi korxonalar vakolatli banklarga xorijiy valyutadagi tushumning 50%ini emas, balki 25%ini sotishga majbur

TOSHKENT, 2 fev — Sputnik. Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra xoʻjalik subʼyektlari tomonidan xorijiy valyutadagi tushumning majburiy sotilishi tartibiga oʻzgarish kiritildi.

Endilikda markazlashmagan eksportni amalga oshiruvchi korxonalar vakolatli banklarga xorijiy valyutadagi tushumning 50%ini emas, balki 25%ini sotishga majbur.

AQSH dollari - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonda xorijiy valyutadan foydalanish muddati oʻzgardi

Biroq 16 turdagi mahsulot va xizmatlar bundan mustasno boʻlib, ularga nisbatan ilgarigi qoida amal qiladi. Bu roʻyxatga bugʻdoy, oltingugurt, tabiiy gaz va neft-gaz sohasining boshqa mahsulotlari (jumladan, tranzit), uran, polietilen, polipropilen, qora metall, mis va rux, vodorod, inert gazlar va boshqa nometallar, qimmatbaho boʻlmagan metallar, metallokeramika, aviatransport xizmatlari, temiryoʻl transporti, telekommunikatsiya va bank xizmatlari kiradi.

Mazkur oʻzgarish eksport joʻnatmalari hajmi va nomenklaturasini kengaytirish, korxonalarning raqobatbardosh, eksportga yoʻnaltirilgan yuqori qoʻshilgan qiymatga ega boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarishini ragʻbatlantirish hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Ilgariroq valyuta tushumini majburiy sotishdan tayyor mahsulotni eksport qiluvchi toʻqimachilik korxonalari va oʻzi ishlab chiqargan mahsulot hamda xizmatlarni eksport qiluvchi kichik biznes subʼyektlari ozod qilingandi.

Yangiliklar lentasi
0