Fargʻonada tuyaqush boqilyapti

© Sputnik / Andrey Aleksandrov / Fotobankka oʻtishTuyaqush fermasi
Tuyaqush fermasi - Sputnik Oʻzbekiston
Tuyaqushlarning oʻrtacha tuxum qoʻyish yoshi 10-15 yil, zotdor tuyaqushlar 40 yil davomida tuxum qoʻyaveradi. Bitta tuyaqush 10-12 yil davomida qoʻygan tuxumdan chiqqan joʻja goʻshti oʻrtacha 72 tonnaga yetishi mumkin

TOSHKENT, 3 fev — Sputnik. Fargʻona viloyati Rishton tumanidagi "STRAUS FARM" Oʻzbekiston — Buyuk Britaniya qoʻshma korxonasida mahalliy sharoitda tuyaqush boqish yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ayni kunlarda yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishilmoqda, deb xabar bergan vodiymedia.uz.

Joʻjalar - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Xivada har bir xonadonga 100 tadan joʻja tarqatilishi mumkin
Oʻtgan yili tashkil etilgan mazkur korxonaga 306 ming dollar evaziga xorijdan 200 bosh Afrika tuyaqushi keltirilib, zamonaviy inkubatorlar tashkil etilgan va tuyaqush joʻjalarini ochirish yoʻlga qoʻyilgan edi. 16 gektarga yaqin yer ajratilib, tuyaqush boqish uchun kerakli maydon va oʻtloqlar barpo etildi.

Ayni paytda bu yerda 120-150 kilogramm vaznga ega va yiliga 80-100 donadan joʻja ochadigan tuyaqushlar parvarishlanmoqda. Bahor oylaridan tuyaqush joʻjalarini ochirish boshlanadi.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, tuyaqush 4 yilda reproduktiv yoshga yetadi va parrandachilikda bunday qushlar "Brider" deb yuritiladi. Ularning oʻrtacha tuxum qoʻyish yoshi 10-15 yil, zotdor tuyaqushlar 40 yil davomida tuxum qoʻyaveradi. Bitta tuyaqush 10-12 yil davomida qoʻygan tuxumdan chiqqan joʻja goʻshti oʻrtacha 72 tonnaga yetishi mumkin. Tuyaqush boqishni yoʻlga qoʻyish oilalar uchun ham qulay va daromadli bizneslardan biridir.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala