Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev bu yil Navroʻz qanday nishonlanishini aytdi

© AP Photo / Anvar IlyasovOʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Biz bu yil Navroʻzni xalq sayli qilamiz. Hamma rayon hokimlari eshitsin - dalalarda, bogʻlarda sayl boʻladi, dedi Mirziyoyev

TOSHKENT, 8 fev — Sputnik. Bu yil Oʻzbekistonda Navroʻz bayrami keng nishonlanadi, deb aytdi Shavkat Mirziyoyev Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida soʻzlagan nutqida.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev hokimlarga jarima solishni taklif qildi
"Taʼkidlash kerakki, bugungi majlisimizga vazir Ahmedovning (Madaniyat va sport ishlari vaziri B. Ahmedov demoqchi, tahr.) tayyorlab kelgan jonsiz hisobotini men oʻzim koʻrdim. Hech qanday tanqidga chidamaydi. Bu hisobotda na tahlil, na aniq taklif bor. Aynan shuning uchun ham Ahmedov, sizning madaniyatni rivojlantirishdagi ishlaringiz asosan yubileylarni oʻtkazish bilan cheklanib qolyapti. Siz ham, oʻrinbosarlaringiz ham vaziyatni tubdan yaxshilashga harakat qilmayapsiz.

Biz bu yil Navroʻzni xalq sayli qilamiz. Ana shuni hamma bilsin. Biz hozirdan tayyorgarlik qilaylik. Bu yil odamlar bilan muloqot yili deb eʼlon qildik. Navroʻz — sayl bu. Shuning uchun mana hamma rayon hokimlari eshitsin — dalalarda, bogʻlarda sayl boʻladi. Toshkenda ham mana shu 11ta rayonimizda bogʻlar quryapmiz, biz topshiriq berdik, saylda qatnashamiz hammamiz. 

Odamlar emin-erkin xohlagan bogʻiga borsin, mazza qilsin", — dedi Mirziyoyev.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala