Madaniyat

"Daydi" filmi rejissyori: U Morgan Friman emas, uning qiyofadoshi

© "Darakchi"Bu Morgan Friman emas
Bu Morgan Friman emas - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻtgan haftada oʻzbek kinoijodkorlari tomonidan yaratilgan "Daydi" filmining premyerasi Gollivud aktyori Morgan Friman sababli qoldirilgandi.

TOSHKENT, 13 fev — Sputnik. "Daydi" badiiy filmi rejissyori Sirojbek Abdullayev ushbu film suratida Morgan Friman emas, balki uning Oʻzbekistondagi oʻxshash chehrasi, yaʼni qiyofadoshi tasvirlanganligini bildirdi, deb yozadi "Darakchi".

Oʻtgan haftada oʻzbek kinoijodkorlari tomonidan yaratilgan "Daydi" filmining premyerasi Gollivud aktyori Morgan Friman sababli qoldirilgandi.

Daydi filmi reklamasi - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Morgan Friman "ishtiroki" tufayli oʻzbek filmi premyerasi toʻxtatib qoʻyildi

"Oʻzbekkino" MA tomonidan taqdim etilgan rasmiy bildirishnomada "TIMUR FILM" MCHJ tomonidan suratga olingan "Daydi" badiiy filmini jamoatchilik orasida targʻibot qilishda bir qator qonunbuzilishi holatlariga yoʻl qoʻyilganligi aniqlangani maʼlum qilingandi.

Jumladan, mazkur filmning treyleri, bannerlari va chiptalari chiqarilib, ularda mashhur kinoaktyor Morgan Frimanning 2014 yilda ishlab chiqarilgan "Last Knights" ("Soʻnggi ritsarlar") filmida suratga tushgan qiyofasi aks ettirilgan. Ammo aktyorning qiyofasi filmning agentlikka taqdim etilgan nusxasida boʻlmagan.

"Oʻzbekkino"ning maʼlumot berishicha, "TIMUR FILM" MCHJ tomoshabinlarning filmga nisbatan talabini kuchaytirishga erishish maqsadida mashhur kino yulduzini filmda suratga tushganligini bildiruvchi yolgʻon (chalgʻituvchi) maʼlumotlar tarqatib, isteʼmolchilarning (tomoshabinlar) huquqlarini paymol qilgan.

Xabarda aytilishicha, tahririyat ushbu holat yuzasidan izoh olish maqsadida film rejissyori Sirojbek Abdullayev bilan bogʻlangan.

© "Darakchi"Daydi" filmi rejissyori: U Morgan Friman emas, uning qiyofadoshi
Eto ne Morgan Friman - Sputnik Oʻzbekiston
Daydi" filmi rejissyori: U Morgan Friman emas, uning qiyofadoshi

Rejissyor filmdagi Morgan Friman emasligini, uning Oʻzbekistondagi oʻxshash chehrasi, yaʼni qiyofadoshi ekanligini maʼlum qilib, ushbu suratni taqdim etgan.

Bu qiyofa qanday yaratilganligi yoxud bu inson aslida kimligi toʻgʻrisidagi savollarga javob olinmagan.

"Suratlar borasida biror fikr bildirishni lozim topmadik, xulosa chiqarish muxlislarga havola", — deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala