Jamiyat

Oʻzbekistonga sovuq havo yaqinlashmoqda: shamol tezligi soniyasiga 22 metrni tashkil qiladi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Fotobankka oʻtishQor yogʻib, shamol esmoqda
Qor yogʻib, shamol esmoqda - Sputnik Oʻzbekiston
Respublikaning togʻli tumanlarida sel kelish va qor koʻchish xavfi bor

TOSHKENT, 15 fev — Sputnik. Cinoptiklar maʼlumotiga koʻra, 17 fevraldan boshlab Oʻzbekistonda ob-havo keskin oʻzgaradi. Sovuq tushadi. Mamlakat boʻylab vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, shimolda yogʻingarchiliklar kuzatiladi.

Respublikaning togʻli tumanlarida sel kelish va qor koʻchish xavfi bor.

Joylarda tuman tushadi.

Qor uyumini tozalash - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonliklar diqqatiga: Favqulodda vaziyatlar vazirligidan tezkor xabarnoma
17-19 fevral kunlari respublika hududi boʻylab yomgʻir va qor yogʻadi. Shamol soatiga 17-22 m/s kuchayishi mumkin. 20-22 fevral kunlari havo harorati tunda 7-12 ˚S sovuq, kunduzi 0-5 ˚S sovuq boʻladi.

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 16 fevral kuni Toshkentda havo oʻzgarib turadi, kechqurun yomgʻir yogʻadi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 10-12 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik boʻladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 9-14 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.

Moskvada gʻayritabiiy sovuq - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Yaqin kunlarda Oʻzbekistonga Rossiya hududidan sovuq havo oqimi kirib keladi
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik boʻlib, tuman tushishi mumkin. Qor koʻchishi xavfi bor. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala