Jamiyat

"Oʻzbekiston havo yoʻllari" liboslar dizayni uchun tanlov eʼlon qildi

"Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi uchuvchilar tarkibi va bortkuzatuvchilari uchun forma kiyimi dizaynini ishlab chiqish boʻyicha tanlov eʼlon qildi

TOSHKENT, 16 fev — Sputnik. Kompaniya saytida bildirilishicha, tanlovda kiyim dizaynini ishlab chiqish sohasida 5 yillik tajribaga ega boʻlgan, mulkka egalik shaklidan qatʼi nazar turli firma va kompaniyalar, jumladan, kichik va oʻrta biznes korxonalari ishtirok etishlari mumkin.

Uzbekskiye avialinii - 25 let - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Milliy aviakompaniya 25 yilligini nishonladi

Tanlov ishtirokchilari yuridik shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan boʻlishlari va ushbu turdagi xizmat koʻrsatish yuzasidan qonuniy vakolatga ega boʻlishlari lozim.

Tanlovda ishtirok etish uchun daʼvogarlar mustaqil ravishda yoki kiyim dizaynini ishlab chiqish/tayyorlash/ishlab chiqarishga ixtisoslashgan boshqa kompaniyalar bilan birgalikda, faqat bitta buyurtma bilan ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov takliflari 2017 yilning 20 mart kuni soat 17:00ga qadar qabul qilinadi.

Milliy aviakompaniya matbuot xizmati tanlov takliflari ikkita muhrlangan konvertda taqdim etilishi kerakligini maʼlum qilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala