Siyosat

Mirziyoyev farmoni bilan Oʻzbekistondagi bir vazirlik tugatildi

© IA "Jaxon"Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat va sport ishlari vazirligi oʻz ish faoliyatida koʻp hollarda barcha mavjud resurs va imkoniyatlarini bayramlar madaniy tadbirlarini oʻtkazishga va muhim xalqaro sport musobaqalariga tayyorgarlik koʻrishga yoʻnaltirish bilan chegaralanib qolgan. Yuzaga kelgan salbiy holatlarni bartaraf etish uchun vazirlik faoliyatini tubdan isloh qilish zarurati paydo boʻldi

TOSHKENT, 17 fev — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti "Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" farmonni imzoladi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev bu yil Navroʻz qanday nishonlanishini aytdi
Madaniyat va sport sohasida davlat boshqaruvi samaradorligining tanqidiy tahlili shuni koʻrsatmoqdaki, Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan mutasaddi organ sifatida oʻz oldiga qoʻyilgan keng koʻlamli masalalarning toʻliq ijrosi taʼminlanmagan, ayniqsa, davlat boshqaruvi va joylardagi ijro hokimiyati organlari faoliyatini mazkur sohada muvofiqlashtirish, madaniy-maʼrifat va sport-sogʻlomlashtirish muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali kadrlar bilan taʼminlash boʻyicha ishlar yetarli darajada olib borilmagan.

Bundan tashqari, hayotiy tajriba shuni koʻrsatmoqdaki, bitta vazirlikda madaniyat va sport kabi ikkita koʻpqirrali va murakkab sohalarning birlashtirilishi ommaviy jismoniy tarbiyani rivojlantirish, istiqbolli sportchilarni saralash tizimini takomillashtirish, hududlarda teatr, mumtoz musiqa va boshqa sanʼat turlarini keng ommalashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini yuksaltirish imkonini bermayapti.

Natijada Madaniyat va sport ishlari vazirligi oʻz ish faoliyatida koʻp hollarda barcha mavjud resurs va imkoniyatlarini bayramlar madaniy tadbirlarini oʻtkazishga va muhim xalqaro sport musobaqalariga tayyorgarlik koʻrishga yoʻnaltirish bilan chegaralanib qolgan. Yuzaga kelgan salbiy holatlarni bartaraf etish uchun vazirlik faoliyatini tubdan isloh qilish zarurati paydo boʻldi.

Madaniyat va Sport vazirligi Hayʼat majlisi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Madaniyat va Sport vaziri 30 amaldorni tanqid ostiga oldi
"Oʻzbekiston Republikasi Prezidentining "Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish, ushbu sohada davlat siyosatini amalga oshirish samaradorligini keskin oshirish, Oʻzbekiston xalqining boy va oʻziga xos madaniyati, sanʼati va ijodini yanada rivojlantirishni taʼminlash, aholining keng qatlam oʻrtasida maʼnan va axloqan komil inson boʻlishga va sogʻlom turmush tarzini yuritishga intilishni ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilgan", — deyiladi Farmonga keltirilgan sharhda.

Farmonga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tugatiladi va uning negizida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi tashkil etiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala