Jamiyat

Islom Karimov haqida badiiy film suratga olinadi

© Fotoxost-agentstvo / Fotobankka oʻtishIslom Karimov
Islom Karimov - Sputnik Oʻzbekiston
Film "Oʻzbekkino" milliy agentligi Jizzax viloyati hududiy boʻlimi rahbarligida suratga olinadi

TOSHKENT, 22 fev — Sputnik. Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning yorqin xotirasiga bagʻishlangan «Ishonch» deb nomlangan badiiy filmni suratga olish uchun tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi, deb yozmoqda "Kun.uz".

Oʻzbekiston Birini prezidenti Islom Karimov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Islom Karimovni xotirlab

Film "Oʻzbekkino" milliy agentligi Jizzax viloyati hududiy boʻlimi rahbarligida suratga olinadi. Filmning gʻoya muallifi Ravshanbek Yoʻldoshev, stsenariy muallifi Xanifa Yoʻldosheva.

"Oʻzbekistonni koʻp yillar boshqargan bu insonni xotirlash, ular tomonidan amalga oshirilgan ishlarni kelajak avlodga badiiy kino orqali yetkazish bugun eng dolzarb vazifalardan sanaladi", — deydi gʻoya muallifi Ravshanbek Yoʻldoshev.

Mazkur film gʻoyasi Oʻzbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi davlat unitar korxonasining 00376-sonli mualliflik huquqi guvohnomasiga ega.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala