Dunyoda

Putin Emomali Rahmonni orden bilan mukofotlaydi

© Sputnik / Sergey Pyatakov / Fotobankka oʻtishTojikiston prezidenti Emomali Rahmon
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tojikiston prezidentiga Aleksandr Nevskiy ordenini topshiradi

TOSHKENT, 23 fev — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Dushanbega uyushtiradigan safari davomida Tojikiston rahbari Emomali Rahmonga Aleksandr Nevskiy ordenini taqdim etadi, deb xabar qildi RIA Novosti.

RF prezidenti Putinning Bishkekka rasmiy tashrifi - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Putin Almazbek Atambayevni Aleksandr Nevskiy ordeni bilan mukofotladi
Nashrga ba haqda Putinning yordamchisi Yuriy Ushakov maʼlumot bergan.

"Bizning prezident Tojikiston prezidentiga ikki davlat oʻrtasidagi strategik hamkorlik va ittifoqdoshlikni mustahkamlashda qoʻshgan ulkan hissasi uchun Aleksandr Nevskiy ordenini topshiradi. Shuningdek, Tojikiston Tashqi ishlar vaziriga "Doʻstlik" ordeni taqdim etiladi", — deb xabar qilgan nashr muxbiriga Ushakov.

Kuni kecha Rossiya prezidenti Vladimir Putin 27-28 fevral kunlari Tojikistonga ikki kunlik safar uyushtirishi haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader