Dunyoda

Rossiya Tojikistonda 20ta maktab quradi

© Sputnik / Grigoriy Sыsoyev / Fotobankka oʻtishMoskva maktabida elektron dars
Moskva maktabida elektron dars - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya Tojikistonda rus tilida taʼlim beriladigan 20ta maktab quradi

TOSHKENT, 27 fev — Sputnik. Rossiya Tojikistonda rus tilida taʼlim beriladigan 20ga yaqin maktablarni qurishni rejalashtiryapti, deb xabar qildi jurnalistlarga Rossiyaning birinchi vitse-premyeri Igor Shuvalov ikki mamlakat prezidentlari oʻrtasida boʻlib oʻtgan muzokaralar yakuni boʻyicha. RIA Novosti xabari asosida.

RF prezidenti V. Putinning Tojikistonga rasmiy tashrifi - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiyada tojikistonliklar uchun imtiyozlar bisyor, dedi Putin Rahmonga
"Biz taʼlim rus tilida olib boriladigan maktablar qurilishi bilan bogʻliq loyihalarni muhokama qildik. Prezident hukumatga ushbu masalani ishlab chiqish yuzasidan topshiriqlarni berdi. Tojikistonda maktablar qurilishi kelasi yildan boshlanishi taxmin qilinmoqda", — degan Shuvalov.

Xabarda taʼkidlanishicha, Rossiya maktablar qurilishi uchun sarmoya kiritadi, taʼlim dargohlari taʼminoti esa Tojikistonning oʻzining zimmasida boʻladi.

Shuvalovga koʻra, investitsiyalar hajmi hozircha noaniq.

Sal oldin Tojikiston yetakchisi Emomali Rahmon ikki mamlakat oʻrtasida taʼlim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish boʻyicha taklif kiritgan. Putin Emomali Rahmonning taklifini koʻrib chiqishga tayyorligini bildirgan.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader