Dunyoda

Qirgʻizistonda endi inqiloblar boʻlmaydi, dedi Atambayev

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Fotobankka oʻtishRF prezidenti V. Putinning Qirgʻizistonga safari
RF prezidenti V. Putinning Qirgʻizistonga safari - Sputnik Oʻzbekiston
Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan uchrashuv davomida mamlakatda boshqa inqiloblar boʻlmaydi, deya vaʼda berdi

TOSHKENT, 28 fev — Sputnik. Qirgʻiziston bundan buyogʻiga rivojlanayotgan normal davlat boʻlishi kerak, mamlakatda inqiloblarga nuqta qoʻyildi, deb aytgan Almazbek Atambayev.

RF prezidenti Vladimir Putinning Qirgʻizistonga tashrifi - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Putinni Qirgʻizistonda gullar bilan kutib olishdi
"Qirgʻizistonda inqiloblarga nuqta qoʻyildi", — degan Atambayev RF prezidenti Vladimir Putin bilan oʻtkazilgan matbuot-anjumani yakunida.

"Qirgʻizistonda inqilobni amalga oshirmoqchi boʻlganlarga, bugun shuni eslatib qoʻymoqchiman-ki, mamlakatda boʻlib oʻtgan ikkala inqilob yetakchisi ham oʻzim boʻlganman. 2005 yilda Oq Uyni zabt etgan kolonna Atambayev qismatiga toʻgʻri kelgan, 2010 yilda ham eslaringda boʻlsa, Qirgʻizistonning norozi fuqarolari qayerda toʻplanishgan edi, — Atambayevning ofisi oldida", — deya qoʻshimcha qilgan u.

"Shuning uchun, aytmoqchimanki uchinchi inqilobni men amalga oshirmayman", — deb taʼkidlagan Qirgʻiziston prezidenti.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala