Jamiyat

Manba: Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga tashrif buyuradi

© Sputnik / Aleksey DrujininShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻtgan yilning oktyabr oyi oxirida Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov Shavkat Mirziyoyevni Turkmanistonga davlat tashrifi bilan kelishga taklif etgandi

TOSHKENT, 3 mar — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga rasmiy davlat tashrifini amalga oshiradi, deb xabar berdi Podrobno.uz agentligi Tashqi ishlar vazirligidagi manbaga asoslanib.

Turkmaniston bayrogʻi - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Turkmanboshi bilan telefonlashdi

"Tashrif amalga oshirilishi aniq, hozirda tayyorgarlik jarayoni ketmoqda", — dedi agentlik suhbatdoshi. Lekin u tashrif muddatiga aniqlik kiritmagan.

Oʻtgan yilning oktyabr oyi oxirida Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov oʻrtasida telefon muloqoti boʻlib oʻtgandi. Oʻshanda Berdimuhammedov Oʻzbekiston prezidentini Turkmanistonga davlat tashrifi bilan kelishga taklif etgandi.

27 yanvar kuni Ashxobodda Oʻzbekiston va Turkmaniston savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyasining 13-yigʻilishi oʻtkazilgandi.

Oʻshanda ikki tomonlama oʻzaro aloqalarning strategik yoʻnalishlari muhokama qilingan, asosiy eʼtibor savdo-iqtisodiy, yoqilgʻi-energetika hamda transport-kommunikatsiya sohalariga qaratilgandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala