Jamiyat

Toshkent shahar IIB "Ozodlik" tarqatgan xabarga raddiya berdi

© StringerOʻzbekiston Ichki ishlar xodimlari avtomobili
Oʻzbekiston Ichki ishlar xodimlari avtomobili - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Doniyor Toshxoʻjayev hafta davomida Ichki ishlar va prokuratura organlari tomonidan olib borilgan ishlar yuzasidan hisobot berar ekan ayrim chet el OAVlari, xususan "Ozodlik" nashri eʼlon qilgan xabarga raddiya berdi

TOSHKENT, 11 mar — Sputnik. 9 mart kuni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga koʻra oʻtkazilayotgan navbatdagi "payshanbalik" oʻtkazildi, deb xabar qilmoqda "Darakchi".

IIB xodimi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston IIV Mirziyoyev talabini bajarishga kirishdi
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Doniyor Toshxoʻjayev hafta davomida Ichki ishlar va prokuratura organlari tomonidan olib borilgan ishlar yuzasidan hisobot berar ekan ayrim chet el OAVlari, xususan "Ozodlik" nashrining chiqargan xabariga raddiya berdi.

"Ozodlik"ning xabarida 3 mart kuni Toshkent shahar Chilonzor tumani Qatortol koʻchasida joylashgan "Jizzax siti" kafesiga millitsiya itlar bilan bostirib kirgani hamda barcha kafe mijozlari va xodimlarini avtobusga solib, ichki ishlar boʻlimiga olib ketgani haqida yozib qoldirildi.

Shuningdek xabarda goʻyoki sobiq ichki ishlar zobiti tomonidan "Toshkent shahrida ishlaydigan militsiya xodimlariga solingan jarima plani borligi, har bir xodim 4 million soʻmlik jarima manbai topib kelishi kerakligi haqida bergan maʼlumotlari yozilgan. Va ushbu tadbir mazkur reja doirasida, Chilonzor tumani IIB byudjet oldidagi qarzdorligini yopish uchun uyushtirilgan" deya bergan maʼlumotlari yozilgan.

Doniyor Toshxoʻjayev jurnalistlar bilan uchrashuvda mazkur xabar hech qaysi aqlga sigʻmasligi va fursatdan foydalanib ushbu xabarga raddiya berishini maʼlum qilgan.

Jamiyat
Oʻzbek militsiyasining kechasi va buguni
Vaholanki, IIBga "Jizzax siti" kafesiga tungi vaqtlarda qoʻshmachi fohishalar va boshqa jinoiy elementlar borligi haqida tezkor maʼlumotlar kelib tushgan. Shu sababli 3 mart kuni tungi soat 23:30da IIB xodimlar tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilib, 25 nafar foxishalik bilan shugʻullanuvchi qizlar, Toshkentda vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtmasdan yashayotgan fuqarolar, kafe rahbariyati tomonidan vaqtinchalik yashashga ruxsati boʻlmagan xodimlarning ishga qabul qilinganligi aniqlangan.

Aslida faoliyati tungi soat 23:00 gacha davom etishi kerak boʻlgan kafe, ushbu vaqtda oʻtgan boʻlishiga qaramay kafeda 30 dan koʻp muqaddam sudlangan va kontingentga toʻgʻri kelmaydigan shaxslar borligi maʼlum boʻlgan.

"Kafedagi noqonuniy faoliyat haqida bizlarga maʼlumot kelib tushgan. Qoʻrqmasdan ayta olamiz, qaysi OAVda yozilishidan qatʼi nazar, u xoh "Ozodlik" boʻlsin, xoh boshqasi, agar qachondir yana shunga oʻxshash maʼlumotlar oladigan boʻlsak, tomoshabin boʻlib turmaymiz. Aholimiz tinchligini saqlash, jinoyatchilikning oldini olish uchun qonun doirasida oʻz harakatlarimizni amalga oshiramiz. Tadbirkor tadbirkorligi bilan shugʻullanishi mumkin, ammo qonunbuzarlik qilishga hech kim unga huquq bermaydi. Kim boʻlmasin, u qonun doirasida ish tutishi shart. Kim yozishidan qatʼi nazar mazkur kafe rahbari ham qonun oldida tegishli javob beradi", – deydi Toshkent shahar IIBB boshligʻi oʻrinbosari Doniyor Toshxoʻjayev.

Raddiyadan soʻng, jurnalistlarga mazkur kafeda suratga olingan videolavhalar namoyish etilgan. Tasvirlarda ayollar, spirtli ichimliklar isteʼmol qilib, sigaret chekib oʻtirgan erkaklar, shovqin koʻtarayotgan ulfatlar, hatto, voyaga yetmagan bolalarning xatti-harakatlari aks etgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala