Siyosat

Mirziyoyevning tashabbusi Butunjahon musulmon ulamolar kengashi tahsiniga loyiq boʻldi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Fotobankka oʻtishOʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Butunjahon musulmon ulamolar kengashi bosh kotibi Imom Termiziy xalqaro markazi tashkil etilishi munosabati bilan tabrik yoʻlladi

TOSHKENT, 12 mar — Sputnik. Butunjahon musulmon ulamolar kengashi bosh kotibi Ali Qoradogʻiy Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etilishi munosabati bilan Oʻzbekiston hukumati va ahliga tabrik yoʻlladi, deb xabar qildi Oʻzbekiston musulmonlari idorasi matbuot-xizmati.

Tabrik video koʻrinishida boʻlib, mazmuni quyidagichadir:

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga yoʻl oldi
"Oʻzbekiston hukumatining ushbu rejalashtirgan muborak ishi — buyuk imomlardan boʻlmish Imom Termiziy nomidagi ilmiy-tadqiqot markazi tashkil qilinishi meni juda ham xursand qildi. Oʻzbekiston yurti juda ham koʻplab muhaddislar, faqihlar va boshqa qator sohalarda yetuk olimlarni yetishtirib chiqargan. Ular sababli islom madaniyati, butun insoniyat madaniyati boyidi.
Mana shunday yurt uchun bunday markazlarning ochilishi ajablanarli ish emas.

Shuning uchun Oʻzbekiston hukumatini, shuningdek, u yerdagi musulmon xalqini ushbu qilinayotgan muborak ish munosabati bilan tabriklayman. Alloh taoloning izni ila ushbu maskan nafaqat Oʻzbekiston hamda uning qoʻshni davlatlari, balki butun dunyo miqyosida oʻzining ijobiy samarasini beradi, insha Alloh".

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil 14 fevral kuni "Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmonni imzoladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala