Siyosat

Buxoro tez vaqtda tanib boʻlmas darajada chiroy ochadi

Shavkat Mirziyoyev hunarmandlik bozorini tartibga keltirishni, milliy anʼanalar aks etgan, zamonaviy rastalar qurishni taklif qilgan

TOSHKENT, 12 mar — Sputnik. Yaqin 2 yil ichida Buxoro shahrining markaziy qismi qayta quriladi. Bu shahar markazidagi koʻchalardan birini Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasiga qayta nomlash bilan bogʻliq.

Hozirda ushbu koʻcha qiyofasini oʻzgartirish, uning ikki tomonida zamonaviy binolar barpo etish boʻyicha uch yilga moʻljallangan loyiha ishlab chiqilgan.

Oʻzbekiston respublikasining Birinchi prezidenti Islom Karimov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Buxoroning markaziy koʻchalaridan biriga Islom Karimov nomi berildi
Bundan tashqari, Buxoro shahrining Gʻijduvon, Bahovuddin Naqshband, Ibn Sino, Navoiy koʻchalarida 57 ta koʻp qavatli uy quriladi.

"2017—2021 yillarda barpo etiladigan 5, 6, 7 qavatdan iborat bu turar-joylar aholini arzon va zamonaviy uylar bilan taʼminlash, turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi", — deyilgan Oʻzbekiston prezidenti matbuot-xizmati tarqatgan xabarda.

Shuningdek, Buxoro shahrining tarixiy qismida anʼanaviy hunarmandlik ustaxonalarini jamlagan ikki qavatli uylardan iborat hunarmandlar mavzesi quriladi.

Mirziyoyev hunarmandlik bozorini tartibga keltirishni, milliy anʼanalar aks etgan, zamonaviy rastalar qurishni taklif qilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala