Madaniyat

Lola Karimova kinoprodyuser sifatida ilk loyihasini taqdim etmoqda

© Central Asian Fashion BlogLola Karimova-Tillyayeva Oltin globus tadbiri vaqtida
Lola Karimova-Tillyayeva Oltin globus tadbiri vaqtida - Sputnik Oʻzbekiston
Lola Karimovaning soʻzlariga qaraganda, kinokartinada Vinsent Kassel, Armand Assante, Frantsisko Ovalle kabi jahon kinosi yulduzlari suratga tushgan. Maʼruf Otajonov, Javohir Zokirov, Hoshim Arslonov singari oʻzbek milliy kino ustalari ham oʻz rolini maromiga yetkazib ijro etishgan

TOSHKENT, 12 mar — Sputnik. "Bugun sahifam orqali yaqin fursatda “Mirzo Ulugʻbek. Osmon toqiga qoʻyilgan narvon” nomli hujjatli film tomoshabinlar eʼtiboriga havola etilishini maʼlum qilmoqchiman. Mazkur film turmush oʻrtogʻim hamda kaminaning kinoprodyuser sifatidagi ilk loyihamizdir", — deb xabar qilgan Lola Karimova oʻzining Feysbukdagi sahifasida.

Poster k filmu - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Gollivud aktyorlari suratga tushgan Mirzo Ulugʻbek haqidagi film ekranlarga chiqadi
Taʼkidlanishicha hujjatli film buyuk mutafakkir hamda alloma Mirzo Ulugʻbekning hayoti va faoliyati haqida hikoya qiladi.

"Bu ulugʻ inson haqida film yaratish gʻoyasi menda koʻp yillar avval paydo boʻlgan. Taʼbir joiz boʻlsa, Mirzo Ulugʻbek shaxsi meni bolalagimdan oʻziga maftun etgan. U nainki qomusiy bilimlar egasi, yetuk olim va sulhparvar hukmdor, oʻz davri uchun favqulodda sanalgan xislatlar sohibi ham edi. Sirasini aytganda, Ulugʻbek zamon va makon sarhadlarini oshib oʻtgan umrboqiy siymodir.

Mirzo Ulugʻbek nomi dunyo ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan Galileo Galiley, Kopernik, Djoanas Kepler kabi buyuk allomalar bilan bir qatorda turadi. Samarqand uning hukmronligi davrida astronomiya sohasida ilgʻor tadqiqotlar oʻtkaziladigan xalqaro markazga aylandi. Ulugʻbek bunyod ettirgan muazzam rasadxonada oʻz davrning yetuk olimu fuzalolari jam boʻlgan edi.

Alloma tartib bergan yulduzlar jadvalida 1118 ta yulduzning holati va joylashuvi mufassal bayon etilgan. U hisoblab chiqqan yil uzunligi natijalari esa zamonaviy hisob-kitobidan atigi 25 soniyaga farqlanadi. Buyuk olim, shuningdek, Yer sayyorasi oʻqining ogʻish burchagi 23,52 gradusni tashkil etishini aniqladi, ushbu ilmiy natija ham hozirga qadar eng aniq koʻrsatkich deya eʼtirof etiladi. Ulugʻbek tomonidan yaratilgan yulduzli osmon xaritasi esa dengizchilar harakatlanishida XIX asrga qadar foydalanilgan.

Lola Karimova - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Lola Karimova-Tillyayeva The Best Award mukofoti marosimida qatnashdi
Mirzo Ulugʻbek hayotining oʻn beshi yorugʻ, oʻn beshi qorongʻi kechdi. Keng dunyoqarashi va teran fikrlari bilan oʻz davri va zamondoshlaridan ilgarilab ketgan olim, taassufki, jaholat va razolat qurboni boʻldi.
Film stsenariysini hozirlash asnosida koʻp va xoʻb izlanib, bobokalonimiz hayotini tavallud topgan kezlaridan boshlab qayta tiklashga harakat qildik.

Amir Temurning nabirasi boʻlmish Mirzo Ulugʻbek bobosi shafeligida oʻz davrining peshqadam olimlardan saboq olganini taʼkidlashni istardim. Davlatning qudrati eng avvalo maʼrifatda deb bilgan Sohibqiron nuridiydasi boʻlmish Ulugʻbekning taʼlim-tarbiyasiga alohida eʼtibor qaratgan. Bu esa uning odil shoh va yetuk olim sifatida shakllanishiga xizmat qilgan.

Film rejissyori Bahodir Yuldoshev bilan koʻp yillardan beri tanishmiz. Unga filmni suratga olish xususida gap ochganimda taklifimni mamnuniyat bilan qabul qildi. Koʻz ochib yumguncha buyuk olim va hukmdor yashagan davrga shoʻngʻib ketdi.

Stsena iz filma Zulfikara Musakova Papa zabolel - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Zulfiqor Musoqov Tarantino uslubida yangi kino suratga oldi
Ushbu kinokartinani Oʻzbekistonda tugʻilib oʻsgan, mavzuni qalban his eta oladigan ijodkor yaratishi kerak edi. Nazarimda, Bahodir ulugʻ allomaning fojeiy taqdirini mahorat bilan aks ettira oldi.

Filmda Frantsiya, AQSH, Rossiya, Oʻzbekiston, Buyuk Britaniya, Daniya va Niderlandiyaning yetakchi olim va mutaxassislari Mirzo Ulugʻbek hayoti va faoliyati xususidagi mulohazalari bilan oʻrtoqlashadi. Kinokartinani yaratishda Bodlian kutubxonasi (Oksford universiteti), Britaniya muzeyi, Priston universiteti, Griffit rasadxonasi, Frantsiyaning Observatoire de la Cote d’Azur Côte rasadxonasi, Kaliforniya universiteti, Daniyaning The David Collection muzeyi, Oksfordning Ilm-fan tarixi muzeyi, Oksfordning St. John’s kolledji kabi oʻquv yurtlari, muzey va kutubxonalarning bisotidan foydalanildi.

Chet ellik olimlarning aksari aynan Mirzo Ulugʻbek siymosi sabab mamlakatimizga mehr qoʻyganini eʼtirof etgan.

Film janr nuqtai nazaridan hujjatli sanalsa-da, unda badiiy vositalardan ham foydalandik. Sʼyomka jarayoniga oʻzbekistonlik va qozogʻistonlik kaskadyorlarni jalb qildik, oʻsha davrga mos tarixiy liboslarni tanlash va tayyorlashga ham alohida eʼtibor qaratdik.

Lola Islomovna Karimova-Tillyayeva - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Lola Karimova-Tillyayeva xalqaro mukofotga sazovor boʻldi
Kinokartinada Vinsent Kassel, Armand Assante, Frantsisko Ovalle kabi jahon kinosi yulduzlari suratga tushdi. Maʼruf Otajonov, Javohir Zokirov, Hoshim Arslonov singari milliy kino ustalarimiz ham oʻz rolini maromiga yetkazib ijro etdi.

Hollivudning "Titanik", "Olovuddin", "Gerkules" kabi filmlarga musiqa bastalagan mashhur kompozitori Uolter Afanasyev kartinamiz uchun maxsus musiqa yozdi.

Benazir xonanda Sevara Nazarxon ijrosidagi saundtrek esa filmga oʻzgacha joziba baxsh etdi.

Film premyerasi haqida keyinroq maʼlum qilamiz", — deb oʻz postiga yakun yasagan Lola Karimova.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala