Iqtisod

Made in Uzbekistan - chet el mahsuloti bilan bellasha oladigan texnologiyalar taqdim qilindi

© Sputnik / Valeriy MelnikovOʻzbekiston bayrogʻi
Oʻzbekiston bayrogʻi - Sputnik Oʻzbekiston
Samarqand shahrida X innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalar hududiy yarmarkasi boʻlib oʻtdi

TOSHKENT, 12 mar — Sputnik. Samarqand shahrida X innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalar hududiy yarmarkasi boʻlib oʻtdi, deb xabar qilgan Samarqand viloyati hokimligi matbuot-xizmati.

Zotdor qoramollar - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonga 40 litrgacha sut beradigan naslli qoramollar keltiriladi
Xabarda aytilishicha, koʻrgazmada 30 ga ortiq muassasalar — Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirliklari tasarrufidagi ilmiy-tadqiqot markazlari, tajriba konstruktorlik tashkilotlari hamda Samarqand, Toshkent, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlari oliy oʻquv yurtlari olimlari, mutaxassislar oʻzlarining 150 ga yaqin innovatsion mahsulotlari bilan qatnashishgan.

"Ular viloyatimizdagi dehqonlar, fermerlar, sanoat, kichik biznes va tadbirkorlik subʼyektlari xodimlariga oʻzlarining jahon andazalariga mos, yuqori samarali qurilish materiallari, texnik qurilmalar, preparatlar va boshqa ilmiy texnologik mahsulotlarini taqdim qildilar", — deb taʼkidlangan xabarda.

Yarmarkaning ochilish marosimida soʻz olgan Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi ijro apparati rahbari O.Parpiyev, viloyat hokimining oʻrinbosari SH.Xudoyberdiyev koʻrgazmada namoyish etilayotgan sanoat, qishloq xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash, farmatsevtika va informatsion texnologiyalar, fan va taʼlim sohalaridagi gʻoyalar, loyihalar mamlakat iqtisodiyotimini modernizatsiyalash, fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini hamda ilmiy mahsulotlarni yaratishda hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilishini taʼkidlagan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala