Iqtisod

Oʻzbekistonga 40 litrgacha sut beradigan naslli qoramollar keltiriladi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Fotobankka oʻtishZotdor qoramollar
Zotdor qoramollar - Sputnik Oʻzbekiston
Bu haqda Berlinda boʻlib oʻtgan "Yashil haftalik"da qatnashgan rahbarlardan biri - Jomboy tumani hokimi Husan Boʻriyev maʼlum qilgan

TOSHKENT, 12 mar — Sputnik. Berlinda boʻlib oʻtgan 82-Oziq-ovqat sanoati, bogʻdorchilik, qishloq va oʻrmon xoʻjaligi Xalqaro savdo koʻrgazmasi davomida chorvachilikda ilgʻor davlatlardan 40 litrgacha sut beradigan naslli qoramollar keltirish borasida kelishuvga erishdik, deb xabar qilgan Jomboy tumani hokimi Husan Boʻriyev "Zarafshon" muxbiriga bergan intervyusida.

"Koʻrgazma davomida Germaniyaning qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi va qadoqlash uskunalari ishlab chiqaruvchi kompaniyalari faoliyati bilan tanishdik. Shuningdek, chorvachilikda ilgʻor davlatlardan 40 litrgacha sut beradigan naslli qoramollar va goʻsht yoʻnalishida zotdor boʻlgan kurkalar keltirish borasida ham kelishuvga erishdik.

Tumanimizdagi chorvachilik xoʻjaliklarida bunday naslli qoramollarni koʻpaytirish orqali sut va goʻsht mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytiramiz. Yashil haftalikda talab katta boʻlgan quritilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari eksportini yanada kengaytirishni rejalashtiryapmiz.

Iqtisod
Oʻzbekiston meva-sabzavot yetkazishning yangi tizimini yaratadi
Qolaversa, jahon bozorida juda xaridorgir boʻlgan yongʻoqni koʻpaytirish maqsadida joriy yilda tumanimizning togʻoldi hududidagi 460 gektar maydonda yongʻoqzor barpo etamiz.Tumanimizdagi chorvachilik xoʻjaliklarida bunday naslli qoramollarni koʻpaytirish orqali sut va goʻsht mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytiramiz. Yashil haftalikda talab katta boʻlgan quritilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari eksportini yanada kengaytirishni rejalashtiryapmiz. Qolaversa, jahon bozorida juda xaridorgir boʻlgan yongʻoqni koʻpaytirish maqsadida joriy yilda tumanimizning togʻoldi hududidagi 460 gektar maydonda yongʻoqzor barpo etamiz.

Germaniya poytaxtida oʻtkazilgan "Yashil haftalik"da qishloq xoʻjaligi, chorvachilik, bogʻdorchilik va oziq-ovqat sanoatidagi eng soʻnggi yutuqlar bilan dunyoning 66 davlatidan kelgan 1,6 ming kompaniya va fermer xoʻjaliklari, ishlab chiqaruvchilar, tadbirkorlar oʻz mahsulotlari bilan ishtirok etgan.

Bir hafta davom etgan koʻrgazmada Oʻzbekiston tashqi savdo kompaniyalari, qayta ishlash korxonalari va mutasaddilar Germaniya, Buyuk Britaniya, Latviya, Janubiy Koreya, Hindiston, Xitoy, BAA, Turkiya va boshqa davlatlarga hoʻl va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari yetkazib berish borasida 151,2 million dollarlik eksport shartnomalari imzolagan.

Berlinda oʻtkazilgan yarmarkada Oʻzbekistondagi tashqi savdo kompaniyalari, qayta ishlash korxonalari, viloyat va tuman hokimlari, ishbilarmon va fermerlar qatnashishgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala