Chexiyadagi karkidonlar shoxlari yoppasiga kesib tashlanadigan bo‘ldi

© Sputnik / Dmitriy Korobeynikov / Mediabankka o‘tishKarkidonlar
Karkidonlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Karkidonlar shoxlari Afrika an’anaviy tibbiyotida keng qo‘llanilgani uchun jinoyatchilar mudom karkidonlarni ovlaydilar. 1977-yilda karkidonlar shoxlari oldi-sotdisi butun dunyo bo‘yicha ta’qiqlangan edi, qora bozorda esa karkidonning bir dona shoxi narxi 50 ming yevroga yaqin baholanishi mumkin

TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Fransiyadagi hayvonot bog‘ida brakonyerlar o‘lja uchun karkidonni o‘ldirgach, Chexiya hayvonot bog‘i ma’muriyati o‘zida saqlanayotgan noyob turdagi karkidonlarning shoxlarini kesib tashlaydigan bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Guardian nashri.

7 mart kuni noma’lum jinoyatchilar Fransiyaning Tuari shahridagi hayvonot bog‘iga kirib, Vins laqabli 5 yashar karkidonni o‘ldirishgan va uning shoxlaridan birini arralab, voqea joyidan g‘oyib bo‘lishgan.

Leopard - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘onada hayvonot bog‘i ochildi
"Bu karkidonlar xavfsizligi uchun amalga oshiriladi. Fransiya shahrida ro‘y bergan hujum bizni hushorlikka chorlamoqda, xavf darajasi chindan ham yuqori", — deya iqtibos keltirgan nashr Dvur-Kralovenad-Labem shahridagi hayvonot bog‘i vakili so‘zlaridan. Xabarda aytilishicha, ayni vaqtda hayvonot bog‘ida 21 ta karkidon bor.

Karkidonlar nafaqat Fransiya, balki jahon bo‘yicha brakonyerlar uchun qimmatli o‘lja hisoblanadi. Karkidonlar shoxlari Afrika an’anaviy tibbiyotida keng qo‘llanilgani uchun jinoyatchilar mudom karkidonlarni ovlaydilar. 1977-yilda karkidonlar shoxlari oldi-sotdisi butun dunyo bo‘yicha ta’qiqlangan edi, qora bozorda esa karkidonning bir dona shoxi narxi 50 ming yevroga yaqin baholanishi mumkin.

2016 yilning yozida Zimbabve hukumati mamlakat hududidagi 700 ta karkidonni shoxlaridan judo qilish qarorini imzolagan edi. Sababi bu hududda 2015-yilda 1,3 mingta karkidon brakonyerlar qurboniga aylangan edi.

Yangiliklar lentasi
0