"O‘zekspomarkaz"da olti ixtisoslashgan ko‘rgazma ish boshladi

© Sputnik / StringerVistavka v Tashkente
Vistavka v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zekspomarkaz" milliy ko‘rgazmalar majmuida "Uzbekistan Industrial Forum - 2017" IX xalqaro sanoat forumi boshlandi. Anjuman o‘z ichiga oltita ixtisoslashtirilgan xalqaro ko‘rgazmani birlashtirgan.

TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Bugun "O‘zekspomarkaz"da oltita ixtisoslashgan xalqaro ko‘rgazma ish boshladi deb xabar qilmoqda Toshkent hokimiyati axborot xizmati.

Ushbu ko‘rgazmalar Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, "O‘zkimosanoat" aksiyadorlik jamiyati, Toshkent shahar hokimligi «IEG Uzbekistan» ko‘rgazma kompaniyasi yordamida tashkil etilgan.

Birlashgan tadbir "UzMetalMash" — metallurgiya, metallga ishlov berish, mashinasozlik va payvandlash, "UzTechTransExpo" — maxsus texnika, transport va logistika xizmatlari, "UzMiningExpo" — tog‘-kon sanoati uchun texnologiya va uskunalar, "UzChemPlastExpo" — kimyo sanoati, plastmassa va kauchuk ishlab chiqarish, "UzSecureExpo" — xavfsizlik tizimlari, mehnat muhofazasi va yong‘in xavfsizligi hamda "InterPackExpo" — qadoqlash sanoati va omborga joylash sohalariga ixtisoslashgan ko‘rgazmalari o‘tkazilmoqda.

82-ya Mejdunarodnaya torgovaya vistavka pishevoy promishlennosti, sadovodstva, selskogo i lesnogo xozaystva – IGW Berlin Zelenaya Nedelya 2017 - Sputnik O‘zbekiston
Xalqaro ko‘rgazmalar o‘tkazish uchun yagona tizim tashkil qilinadi

Ushbu forumda qatnashish uchun Germaniya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya, Eron, Belarus, Ukraina, Rossiya, Sloveniya, Chexiya kabi davlatlardan oltmishga yaqin kompaniya vakillari kelishgan.

Bu safar birlashgan ko‘rgazma o‘tkazish g‘oyasi tasodifan tanlangan emas. Ko‘rgazmalarning asosiy maqsadi ishbilarmonlik muloqotlari va kommunikatsiyalari uchun qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, ishlab chiqarishning turli tarmoqlarida zamonaviy sanoat imkoniyatlarini namoyish etishdir. Turli sohalarni birlashtirib ko‘rgazma o‘tkazish bir loyihada sanoatning turli tarmoqlarini qamrab olish imkonini beradi. 

Yangiliklar lentasi
0