Siyosat

Oʻzbekiston va Rossiya oldida yangi istiqbollar eshigi ochilmoqda

© Sputnik . SputnikQoʻl berish
Qoʻl berish - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Rossiya Federatsiyasi Prezidentining xalqaro madaniy hamkorlik boʻyicha maxsus vakili, MDHga aʼzo davlatlarning Gumanitar hamkorlik davlatlararo jamgʻarmasi (GHDJ) boshqaruvining hamraisi Mixail Shvidkoy bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

TOSHKENT, 29 mar — Sputnik. Mazkur uchrashuv yakuni boʻyicha RF Prezidentining maxsus vakili ikki mamlakat oʻrtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlik istiqbollari yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi, deb xabar qildi "Jahon" AA.

"Oʻzbekiston va Rossiyani ilm-fan, taʼlim, yoshlar oʻrtasidagi almashuvlar, sport tsingari sohalarda azal-azaldan oʻzaro yaqin munosabatlar bir-biriga bogʻlab keladi. Oʻz-oʻzidan ayonki, bugungi kunda madaniy-gumanitar hamkorlik alohida ahamiyat kasb etmoqda. Chunki bu yoʻnalishdagi hamkorlik ochiq, taʼsirchan boʻlib, insonlarning manfaatlariga daxl qiladi.

Moskva-Toshkent poyezdi yoʻlovchilari - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Yangi kelishuv: Rossiyada ish vaqtida mayib boʻlgan migrantlarga tovon puli toʻlanadi
Hozirgi paytda mamlakatlarimizda Oʻzbekiston yoki Rossiya madaniyati festivallarini tiklashgina emas, balki maʼrifiy dasturlarni kengaytirish ham eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Bugungi kunda yosh oʻzbek olimlari Rossiyadagi xalqaro ahamiyatga molik boʻlgan turli loyihalarda faollik koʻrsatishmoqda. Masalan, xalqaro ilmiy markaz — Dubnadagi Yadro tadqiqotlari birlashgan institutida oʻzbekistonlik istiqbolli tadqiqotchilar nazariy mashgʻulotlarda ishtirok etishayotgani barobarida yadro qurilmalarida ham ish olib borishayotgani yuqori bahoga loyiqdir. Bundan tashqari, mamlakatlarimiz Fanlar akademiyalari tarix instituti yoʻnalishida ham oʻzaro hamkorlik qilmoqda.

Oʻzbekistonning yosh madaniyat, ilm-fan va taʼlim namoyandalari koʻp tomonlama dasturlarda ishtirok etishmoqda. Xususan, taniqli sport ustasi va Davlat dumasi deputati Irina Rodnina rahbarligida Krasnodarda oʻtkaziladigan maktab olimpiadasida oʻzbek oʻquvchilari faollik koʻrsatishmoqda. Sobiq jahon chempioni Anatoliy Karpov olib borgan Mixail Botvinnikov nomli musobaqada ham oʻzbek yosh shaxmatchilari muvaffaqiyat bilan ishtirok etdilar.

Biz sobiq ittifoq hududi mamlakatlaridagi ilm-fan, taʼlim va madaniyat sohasining taniqli namoyandalari mukofotlanadigan "Hamdoʻstlik yulduzlari", yosh olimlar, madaniyat va taʼlim arboblarini ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilgan "Debyutlar hamdoʻstligi" singari muhim tadbirlarda ham Oʻzbekiston vakillari qatnashishiga umid qilamiz.

Pushkin nomli Davlat Sanʼat muzeyi - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Moskvada Savitskiy muzeyi koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi
Shuni taʼkidlash joizki, bugungi kunda mamlakatlarimiz oʻrtasida barcha yoʻnalishlarda oʻzaro munosabatlarni rivojlantirish uchun hamma imkoniyatlar mavjud, deb oʻylayman. Biz madaniy ahamiyatga molik boʻlgan muhim voqeani — juda koʻp yillardan buyon Nukusdan birinchi marta Moskvaga keladigan mashhur Igor Savitskiy nomidagi Qoraqalpogʻiston davlat sanʼat muzeyi koʻrgazmasini sabrsizlik bilan kutmoqdamiz.

Bilamizki, bu muzey kollektsiyasidan amaliy sanʼatning nodir yodgorliklari, ilgʻor oʻzbek, qoraqalpoq va rus rassomlarining noyob badiiy sanʼat durdonalari, qoraqalpoq xalqining benazir etnografik asarlari hamda juda qiziqarli arxeologiya osori-atiqalari joy olgan. Bu, albatta, Oʻzbekiston va Rossiya oldida yangi istiqbollar va imkoniyatlar ochilayotganining ramzidir.

Soʻzim intihosida shuni aytishni istardimki, 25 yil davomida har bir mamlakatning xalqaro siyosat boʻyicha oʻz qarashlari, u yoki bu jarayonlar yuzasidan oʻz nuqtai nazarlari yuzaga kelgan boʻlsa-da, madaniy-gumanitar hamkorlik sohasida bizning umumiy jihatlarimiz koʻp ekanligiga mening ishonchim komil. Biz bir-birimizning anʼanalarimizni, tariximiz va madaniy oʻxshashliklarimizni hurmat qilgan holda oʻzaro hamkorlik uchun ochiqmiz. Umid qilamanki, bu shunday davom etadi".

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala