Rossiya

Shavkat Mirziyoyev Kremlda Vladimir Putin bilan uchrashdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishShavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Kremlda uchrashdi
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Kremlda uchrashdi - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin taklifiga binoan 4 aprel kuni Moskvaga rasmiy davlat safarini uyushtirdi

TOSHKENT, 5 apr — Sputnik. 4 aprel kuni Oʻzbekiston prezidenti samolyoti Moskva shahrining "Vnukovo-2" aeroportiga kelib qoʻndi.

Ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan "Vnukovo-2" aeroportida oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Oʻzbekiston rahbarini Rossiya Federatsiyasi hukumati aʼzolari kutib oldi.

Premyer-ministr RF D. Medvedev vstretilsya s prezidentom Uzbekistana SH. Mirziyeyevыm - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Medvedev: mazkur tashrif oʻzaro munosabatlarning yangi sahifasini ochib beradi
Mirziyoyev Rossiyaga davlat tashrifi davomida Rossiya hukumati rahbari Dmitriy Medvedev bilan uchrashdi.
Ayni vaqtda Kremlda Mirziyoyev va Putin uchrashuvi boʻlib oʻtmoqda.

Kremlda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Oʻzbekiston va Rossiya davlat madhiyalari yangradi. Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin faxriy qorovul safi oldidan oʻtdilar.

Rossiya rahbari Oʻzbekiston prezidentiga murojaat qilar ekan quyidagi gaplarni aytdi:

"Hurmatli Shavkat Miromonovich, hurmatli doʻstlar, hamkasblar! Sizlarni Kremlda koʻrib turganimdan mamnunman. Vaqt ajratib Rossiyaga tashrif uyushtirganingizdan bagʻoyat xursandmiz. Bu sizning eng oliy darajadagi, davlat maqomiga ega birinchi tashrifingiz, — deb taʼkidladi Putin. — Toʻgʻri, bu yerda protokolga oid narsalar koʻp, lekin biz Sizning ushbu tashrifingiz davomida qanday toʻxtamga kelishimiz muhimroq.

Hozir, bu yerga kelayotganda, yoʻlda, shu haqda aytildi. Hamkasblarimiz juda faol ishlarni amalga oshirdilar, bir toʻplam hujjatlarni tayyorlab qoʻydilar. Lekin gap bugun imzolanadigan hujjatlarda ham emas, balki bu hujjatlarning mazmunida. Gap haqiqatan ham Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi munosabatlarning yangi bosqichi, jiddiy oʻzgarishlar haqida bormoqda.

Umuman olganda hozirning oʻzidayoq oʻtgan davr mobaynida, har holda Siz prezident etib saylangan qisqa davr ichida oʻzaro savdo-iqtisodiy aloqalarimizda muhim oʻzgarigshlar yuz berayotganini, faollikni sezyapmiz. Siz har vaqt bularga alohida eʼtibor bilan qaradingiz.

Taʼkidlash joizki, umuman olganda savdo aylanmasini yuqori darajada ushlab turibmiz, ayrim pozitsiyalarda u nihoyatda, hayratlanarli darajada oʻsib bormoqda", — dedi Putin.

Panzer T-90 - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Rossiya bilan shartnomaga koʻra Oʻzbekiston uchinchi davlatlarga qurol yetkazmaydi
Oʻzbekiston prezidenti bu oʻsish oorasida hatto 260%lik koʻrsatkich qayd etilganini qoʻshimcha qildi.

Shundan soʻng Vladimir Putin Oʻzbekiston Rossiya uchun mintaqadagi muhim pozitsiya ekanini qayd etdi. Va Oʻzbekiston prezidentini koʻrib turganidan haqiqatda xursandligini yana bir karra izhor qildi.

"Nafaqat umid qilaman, balki ishonch bilan aytamanki, Sizning bugungi tashrifingiz, bizning birgalikdagi ishimiz ikkiyoqlama munosabatlarni mustahkamlashda muhim omil boʻlib xizmat qiladi", — deya oʻz murojaatini yakunladi Putin.

Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidentiga murojaatini Sankt-Peterburgda yuz bergan terakt munosabati bilan hamdardlik bildirishdan boshladi.

"Teraktda qurbon boʻlganlarning yaqinlariga, qarindoshlariga hamdardlik bildirishdan boshlamoqchiman. Sankt-Peterburgda roʻy bergan hodisa — barchamiz uchun ogʻriq. Terrorning na sarhadi, na millati bor. Yana bir karra taʼkidlamoqchiman, bu masalada birgalikda, uyushgan holda oʻta keskin choralarni koʻrishimiz darkor. Men teraktda qurbon boʻlganlarning oilalariga, yaqinlariga va shaxsan Sizga oʻz hamdardligimni bildiraman", — dedi Mirziyoyev.

Spetsslujbы u metro Peterburga posle vzrыva - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Teraktda jabrlanganlar orasida Oʻzbekiston fuqarosi ham bor
Shundan soʻng Oʻzbekiston prezidenti Rossiya rahbariga taklif uchun minnatdorchilik bildirdi.

"Albatta, eng avvalo Rossiyaga davlat tashrifi bilan taklif etganingiz uchun oʻzimning minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Oʻylashimcha, bizning tashrifimiz, Siz avvalroq aytib oʻtganingiz kabi katta oʻzgarishlardan belgi

Samarqandga tashrifingiz davomida barcha yoʻnalishlar boʻyicha siz bilan ishonchli, ochiq muloqot oʻtkazgan edik. Haqiqatan ham, mana shu qisqa vaqt ichida koʻp oʻzgarishlar boʻldi. Sizga oʻz minnatdorchiligimni bildirmoqchiman: siz bilan nimagaki kelishgan boʻlsak, amalga oshmoqda. Qolaversa, bugun siz bilan imzolaydigan hujjatlar toʻplami ham bundan darak beradi.

<…> Siz juda toʻgʻri taʼkidladingiz, Afgʻoniston, Afgʻonistondagi tinchlik ayniqsa bizlar uchun, Oʻzbekiston uchun juda muhim. Afgʻonistondagi tinchlik va osoyishtalik juda muhim. Biz Rossiya Afgʻoniston boʻyicha oldinga yoʻnaltirayotgan barcha harakatlarda yordam qilishga va qoʻllab quvvatlashga tayyormiz. <…>

Sizga bu mehmondorchilik uchun yana bir oʻz minnatdorchiligimni bildiraman.

Muzokaralar davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala