Jamiyat

Oʻzbekistonda yana bir vazirlik qayta tashkil etiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligiga aylantiriladi

TOSHKENT, 14 apr — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmoni eʼlon qilindi.

Farmonga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligiga aylantiriladi.

"Tashqi savdo aloqalarining samaradorligini yanada oshirish, tashqi savdoni liberallashtirish, eksport salohiyatini mustahkamlash hamda raqobatdosh mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorlarga chiqarish tizimini takomillashtirish, mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan xorijiy sheriklar oʻrtasida savdo sohasida uzoq muddatli barqaror sheriklik munosabatlarini shakllantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi etib qayta tashkil qilinsin», deyilgan farmonda.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev farmoni bilan Oʻzbekistondagi bir vazirlik tugatildi

Farmonda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi vakolatli davlat organi boʻlib, tashqi savdo sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish uchun masʼul hisoblanadi hamda tashqi savdo faoliyatini tartibga solish sohasida davlat boshqaruvi organlari ishini muvofiqlashtirilishi belgilangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan va normativ-huquqiy xarakterga ega boʻlgan qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qatʼiy nazar xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar tomonidan bajarilishi majburiy boʻladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tashqi savdo munosabatlari qismida uning majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan, halqaro majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala