Dunyoda

AQSH OAVlari Vashingtonga Rossiyada "bombalarning otasi" borligini eslatib qoʻydi

Rossiya zaxirasida Amerika ega boʻlgan "bombalarning onasi"dan kuchliroq qurol borligi haqida maʼlumot tarqalmoqda

TOSHKENT, 14 apr — Sputnik. Kuni kecha Amerika Qoʻshma Shtatlari Afgʻonistondagi "Islom davlati" terrorchilariga qarshi "bombalarning onasi" deya atalmish, ogʻirligi salkam 10 tonnalik eng kuchli GBU-43 yadrosiz bombasini qoʻlladi.

National Interest nashri ayni vaqtda Rossiyada "bombalar onasi"dan koʻra kuchliroq yadrosiz qurol borligini taʼkidlamoqda.

KXDR ballistik raketalarni uchirmoqda - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Shimoliy Koreya uchun tomosha yoxud AQSH nega Afgʻonistonga "bombalarning onasi"ni tashladi?
U aviatsion vakuumli bomba boʻlib, "bombalarning otasi" sifatida mashhur. U AQShning eng kuchli yadrosiz, "bombalarning onasi" deb atalmish GBU-43 ni ortda qoldiradi, deb yozgan nashr.

Nashrning yozishicha Rossiya ega "ota"ning marrani yoʻq qilish kuchi amerika "onasi"dan ikki barobar ortiq.

Ushbu bomba birinchi marta Rossiyada 2007 yilda sinovdan oʻtkazilgan. Qurol portlatilganda portlovchi zarralar alanga olib, boʻshliqni toʻldiradi va oʻz yoʻlidagi barcha obʼyektlarni yoʻq qilib tashlaydi, ammo radioaktiv zaharlanish sodir boʻlmaydi, deb eslatgan nashr.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala