Dunyoda

Afgʻonistonga tashlangan superbomba Markaziy Osiyoda zilzila keltirib chiqaradimi

Qudratli bomba zarbasi mintaqadagi seysmik vaziyatni izdan chiqarib yubormaydimi? Halokatli zilzilalar keltirib chiqarmaydimi? Sputnik muxbiri seysmolog Alekseya Zavyalov bilan shu haqda suhbatlashdi

TOSHKENT, 15 apr — Sputnik, Lev Rijkov. AQSH Afgʻonistonda ilk marta eng kuchli GBU-43 noyadroviy bombasini qoʻlladi. Bomba Nangarxor viloyatidagi Tora-Bora yerosti majmuasiga tashlandi.

Mazkur viloyat Pokiston chegarasida joylashgan boʻlib, undan nariroqda Pomir va Hindikush togʻlari yastanib yotadi. Tojikiston va Oʻzbekiston ham unchalik uzoq emas.

B-52, Amerika bombardimonchi samolyoti Afgʻoniston osmonida - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
AQSH Afgʻonistonga eng kuchli bombani tashladi

Qudratli bomba zarbasi mintaqadagi seysmik vaziyatni izdan chiqarib yubormaydimi? Halokatli zilzilalar keltirib chiqarmaydimi? Sputnik muxbiri RFA Yer fizikasi institutining seysmik xavf prognozi va mintaqaviy seysmologiya laboratoriyasi mudiri Alekseya Zavyalov bilan shu haqda suhbatlashdi.

"Sayyoramizda yuz bergan har qanday yer silkinishi umumiy seysmik rejimga oʻz taʼsirini koʻrsatadi, — deydi olim. — Bularning bari ushbu taʼsirning qanchalik kuchga ega ekanligiga bogʻliq. Tabiiyki, zilzila oʻchogʻiga qanchalik yaqin boʻlsa, taʼsir kuchi ham shunchalik katta boʻladi. Tadqiqotchilar shunday taʼsir boʻlishini aytishadi, lekin u har doim ham koʻzga tashlanavermaydi. Va bir seysmik hodisani ikkinchisi bilan bogʻlash qiyin".

Seysmologning fikricha, AQSH superbombasining portlashi mintaqadagi umumiy seysmik holatga taʼsir koʻrsatmaydi.

"Ushbu portlash kuchli seysmik hodisalarni keltirib chiqarmaydi, — deb taxmin qiladi Aleksey Zavyalov. — Biroq yashirin silkinish darajasi bir oz vaqt saqlanib turadi. Markaziy Osiyo Kamchatka, Filippin yoki Yaponiyaga nisbatan seysmik faol mintaqa emas. Shuning uchun 7 va undan ortiq balli zilzilalar kelib chiqishidan xavotirlanmasa ham boʻladi".

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala