Jamiyat

Samarqanddagi suv tarmoqlari modernizatsiya qilinadi

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Fotobankka oʻtishIstochnik presnoy pityevoy vodы
Istochnik presnoy pityevoy vodы - Sputnik Oʻzbekiston
Kelgusi uch yilda viloyatda 55 nasos stantsiyasini toʻliq taʼmirlash rejalashtirilgan

TOSHKENT, 15 apr — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatida suv resurslaridan unumli foydalanish, suv tarmoqlarini modernizatsiya qilish loyihalarini koʻzdan kechirdi. Bu haqda Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2015 yil 18 dekabrdagi qaroriga muvofiq, OPEK hamda Saudiya Arabistoni taraqqiyot jamgʻarmalari tomonidan Oʻzbekiston ishtirokida 2016-2018-yillarda Qoʻshrabot tumanida ichimlik suvi taʼminotini yaxshilashga qaratilgan umumiy qiymati 36,4 million dollarlik loyihaning amalga oshirilishi belgilangan.

Suv toʻldirayotgan erkak - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Ishtixonda suv inshooti quriladi

Loyiha amalga oshirilgach, 77 qishloq fuqarolar yigʻinida 49 suv olish inshooti quriladi, 6 tasi rekonstruktsiya qilinadi. 408,1 kilometr magistral suv quvurlari va tarmoqlari barpo etiladi.

Bundan tashqari, loyihaga 110 suv olish qudugʻini burgʻulash va rekonstruktsiya qilish, 16,1 kilometr uzunlikdagi suv inshootlarini himoya devorlari bilan oʻrash, 164 quduq nasosini oʻrnatish, 14 avtomatlashtirilgan nasos stantsiyasini qurish, 55 transformator, 3 quyosh generatori hamda 52 dizel generatori oʻrnatish, 24,5 kilometr uzunlikdagi tashqi elektr taʼminoti tizimi bilan taʼminlash kiritilgan.

Kelgusi uch yilda viloyatda 55 nasos stantsiyasini toʻliq taʼmirlash rejalashtirilgan. Natijada 60 ming 619 gektar maydonda suv taʼminoti yaxshilanadi, yiliga 29,9 million kVt soat elektr energiyasi hamda 720 million soʻm ekspluatatsiya xarajatlari iqtisod qilinib, 6,4 milliard soʻm mablagʻ tejaladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala