Jamiyat

2017 yilda Oʻzbekistonning barcha viloyat markazlarida 4G tarmogʻi ishga tushadi

© Sputnik / Sergey MalgavkoStantsiya mobilnoy svyazi standarta LTE
Stantsiya mobilnoy svyazi standarta LTE - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri oʻrinbosari Umidjon Aʼlamovning aytishicha, hozirda Oʻzbekistondagi operatorlar LTE-tarmogʻini barpo etishmoqda

TOSHKENT, 28 apr — Sputnik. Toshkentda boʻlib oʻtgan Usenet 2017 xalqaro anjumanida Oʻzbekistonda toʻrtinchi avlod tarmogʻining rivojlanishi haqida soʻz yuritildi, deb xabar bermoqda "Podrobno.uz".

Anjumanda qatnashgan Oʻzbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri oʻrinbosari Umidjon Aʼlamovning aytishicha, hozirda Oʻzbekistondagi operatorlar LTE-tarmogʻini barpo etishmoqda.

LTE standarti minorasi - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
UMS 4G LTE internetini namoyish etdi

"Yil oxiriga qadar mamlakatdagi operatorlar barcha viloyatlar markazlarida oʻz 4G tarmoqlariga ega boʻladi", degan u.

Ushbu fikrni Unitel direktori Dmitriy Shukov ham tasdiqladi.

Uning qayd etishicha, mazkur loyiha qiymati bir necha oʻn million dollarni tashkil etadi.

"5G — bizning kelajagimiz. Kelasi yili Seulda Olimpiada vaqtida 5G tarmogʻi ishga tushiriladi. Koʻramiz, u qanday ishlarkin", — degan Unitel rahbari.

Hozirda Oʻzbekistonda GSM tarmogʻida toʻrtta: Unitel (10 mln. abonent), Ucell (9 mln.), UMS (2 mln.dan koʻproq), Uzmobile GSM (1 mln.dan ortiq) kompaniyalari faoliyat koʻrsatmoqda. Yana bir operator — Perfectum CDMA tarmogʻida ishlaydi (1 mln. abonent).

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala