Hodisalar

Toshkentda zilzila boʻldi

© Getty ImagesSeysmograf
Seysmograf - Sputnik Oʻzbekiston
Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekistonliklar zilzila boʻlib oʻtgani haqida xabar qilishmoqda

TOSHKENT, 3 may — Sputnik. 3 may kuni soat 9:48da respublikaning sharqiy hududlarida zilzila qayd etilgani haqida bir nechta oʻzbek OAVlari xabar berdi.

Bomba GBU-5 - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Afgʻonistonga tashlangan superbomba Markaziy Osiyoda zilzila keltirib chiqaradimi
Xabarlarda taʼkidlanishicha, Toshkent shahri aholisi 4 ball atrofidagi yer qimirlashi kuchini sezishgan. Zilzila Fargʻona vodiysida ham kuzatilgan. Andijon shahrida zilzila kuchi 3 ballni tashkil etgan. Namangan aholisi ham zilzilani sezgan.

Zilzila epitsentri Tojikiston hududida joylashgan boʻlib, markazda zilzila kuchi 5,9 ballni tashkil etgan, oʻchogʻi 10 km chuqurlikda joylashgan, deb xabar qiladi Kun.uz.

Toshkent seysmologiya markazi tez orada aniq maʼlumotlar taqdim etadi.

Oʻzbekistonda oxirgi marta 18 aprel kuni 2 ball kuch bilan zilzila sodir boʻlgandi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader