Dunyoda

Tramp diniy erkinliklar haqidagi farmonni imzoladi

© AFP / DON EMMERTDonald Tramp
Donald Tramp - Sputnik Oʻzbekiston
"Mening maʼmuriyatim davrida soʻz erkinligi endilikda cherkov, sinagog va boshqa diniy binolar pillapoyalarida toʻxtab qolmaydi. Hukumat diniy tuzilmalarni ularning qarashlari uchun endilikda hech qachon taʼqib qilmaydi", - deb aytgan Tramp

TOSHKENT, 4 may — Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp payshanba kuni diniy erkinliklar toʻgʻrisidagi ijro etuvchi farmonni imzoladi, deb xabar qildi RIA Novosti.

AQSH prezidenti D. Tramp - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Tramp "Amerikanikini xarid qil, amerikaliklarni yolla" nomli farmonni imzolaydi
Hujjat, xususan, diniy tashkilotlarga siyosiy nomzodlarni qoʻllab-quvvatlash va siyosat bilan bogʻliq u yoki bu turdagi faoliyat bilan shugʻullanishga ruxsat berishni nazarda tutadi. Trampning raqiblari hujjatni "munozarali" deya baholashgan.

Ammo, bu orada Oq Uydagi tadbirda chiqish qilgan Tramp "ushbu farmon AQShdagi diniy erkinlik va soʻz erkinligini himoya qilishini" qayd etgan. Tramp "ushbu farmon siyosiy chiqishlari uchun diniy tashkilotlarning soliq muassasasi tomonidan taʼqib qilinishiga yoʻl qoʻymaydi", deb aytgan.

"Mening maʼmuriyatim davrida soʻz erkinligi endilikda cherkov, sinagog va boshqa diniy binolar pillapoyalarida toʻxtab qolmaydi. Hukumat diniy tuzilmalarni ularning qarashlari uchun endilikda hech qachon taʼqib qilmaydi", — deb aytgan Tramp.

Tramp shuningdek, "AQSH hech qachon diniy diskriminatsiya bilan shugʻullanmasligini" qayd etgan. "Biz dindorlar zoʻravonlikka yoki taʼqibga duchor boʻlishlariga hech qachon yoʻl qoʻymaymiz", — degan AQSH prezidenti.

Tramp shuningdek, "biz barcha uchun diniy erkinlikni himoya qilamiz", deya alohida urgʻulagan.

Tramp tomonidan imzolangan farmon "Jonson tuzatishlari" deya ataluvchi hujjatni bekor qiladi. "Jonson tuzatishlari" 1954 yilda keyinchalik AQSH prezidentiga aylangan senator Lindon Jonson tomonidan kiritilgan. Hujjatda cherkovlar va boshqa diniy tuzilmalar u yoki bu siyosatchining chiqishlarini oqlasa yoki qoralasa soliq imtiyozlaridan mahrum etilishi aytilgan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala