Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev Yashnobod tumanidagi iqtisodiy loyihalar bilan tanishdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vo vremya vizita v Chilanzarskiy rayon Tashkenta
Shavkat Mirziyoyev vo vremya vizita v Chilanzarskiy rayon Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston
Davlat rahbari ushbu loyihalar bilan tanishib, ularning har biri boʻyicha mutasaddilarga tegishli koʻrsatmalar berdi.

TOSHKENT, 6 may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Yashnobod tumanidagi "Toshkent qogʻozi" masʼuliyati cheklangan jamiyatiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati.

"Toshkent qogʻozi" masʼuliyati cheklangan jamiyatining umumiy yer maydoni 12 gektardan ziyod, bino va inshootlar maydoni 4,5 gektar. Bu yerda ishlab chiqarishni tashkil etish uchun zarur infratuzilma, tayyor imkoniyat mavjud.

Izgotovleniye solnechnыx batarey na predpriyatii - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkentdagi uylar quyosh nurida ishlaydigan issiqlik tizimi asosida isitiladi

Prezident bu yerdagi imkoniyatlardan samarali foydalanish, zavod binolarini ishbilarmon va tadbirkorlarga imtiyozli asosda ijaraga berish, ularda eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish zarurligini taʼkidladi.

Shu yerning oʻzida Yashnobod tumanida amalga oshiriladigan ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar taqdimoti oʻtkazildi.

Tijorat banklari koʻmagida tumanda dori va tibbiyot vositalari, maxsus kiyimlar, yogʻ va yem mahsulotlari, travertin va marmar plitalar, sim oʻramlari ishlab chiqarish, koʻngilochar maskanlar, zamonaviy bozor va ekspomarkaz tashkil etish rejalashtirilgan.

Davlat rahbari ushbu loyihalar bilan tanishib, ularning har biri boʻyicha mutasaddilarga tegishli koʻrsatmalar berdi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala