Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev: Biz xitoylik tadbirkorlar bilan birga ishlashdan mamnunmiz

© Jason Lee/Pool Photo via APPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vo vremya peregovorov v Pekine
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vo vremya peregovorov v Pekine - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekiston prezidenti Xitoy ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashdi

TOSHKENT, 13 may — Sputnik. Uchrashuvda oʻzaro munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlash va izchil rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari haqida soʻz bordi. Bu haqda Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Podpisaniye dokumentov vo vremya vizita Shavkata Mirziyoyeva v Kitay - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston va Xitoy gaz va gidroenergetika boʻyicha kelishuvlar imzoladi

Muloqotda Oʻzbekistonda XXRning yetakchi sanoat kompaniyalari bilan uzoq muddatli va oʻzaro manfaatli aloqalar yoʻlga qoʻyilgani, neft-gaz va telekommunikatsiya tarmoqlari, transport, toʻqimachilik, sayyohlik, qurilish, kimyo sanoatida va boshqa yoʻnalishlarda qoʻshma loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani qayd etildi.

"Bu yerda Oʻzbekiston bilan hamkorlik qilib kelayotgan ishbilarmonlarni koʻrayotganimdan xursandman, —dedi Oʻzbekiston prezidenti. — Biz xitoylik tadbirkorlar bilan birga ishlashdan mamnunmiz".

Shavkat Mirziyoyev Xitoy biznes subʼyektlari Oʻzbekistondagi koʻplab yangi sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyganini qayd etdi.

"Xitoy Oʻzbekiston iqtisodiyotiga eng koʻp investitsiya kiritayotgan davlatlardan biridir. Respublikada Xitoy kapitali ishtirokidagi 700 dan ziyod kompaniya va korxona faoliyat koʻrsatmoqda. Oʻtgan yillar davomida xitoylik sarmoyadorlar Oʻzbekiston iqtisodiyotiga qariyb 8 milliard dollar miqdorida investitsiya kiritgani barchamizni xursand qiladi", dedi Shavkat Mirziyoyev.

Predsedatel KNR Si Tszinpin i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Dastlabki natija: Pekin va Toshkent qaysi sohalarda hamkorlik qiladi

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, texnikaviy, energetika sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, oʻzaro savdo aylanmasi hajmini oshirishga oid masalalar xususida soʻz yuritildi.

Oʻzbekiston rahbari bugungi kunda Oʻzbekistonda samarali faoliyat yuritayotgan xitoylik ishbilarmonlarga minnatdorlik bildirdi, aloqalarni yanada rivojlantirish tarafdori ekanligini qayd etdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston – Xitoy hukumatlararo hamkorlik qoʻmitasi hamraisi Men Tszen Chju, "COFCO" korporatsiyasi direktorlar kengashi raisi Chjao Shuanlyan, Xitoy davlat taraqqiyot banki vitse-prezidenti Chjan Syuguan, Xitoy Eksimbanki vitse-prezidenti Sun Pin, "Poli interneshnl" kompaniyasi bosh direktori yordamchisi Myao Tszechun va boshqalar Oʻzbekiston bilan hamkorlik yuqori natijalar berayotgani, bundan keyin ham oʻzaro aloqalarni davom ettirishdan manfaatdor ekanini taʼkidladi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0