Hodisalar

Toshkentda "Samarqand Darvoza" savdo majmuasiga "bomba" qoʻyishdi

© AP PhotoOʻzbek militsiyasi patrul mashinasi
Oʻzbek militsiyasi patrul mashinasi - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkent viloyatida yashovchi fuqarolardan biri shahar IIBB navbatchilik qismiga qoʻngʻiroq qilib, Qoratosh koʻchasida joylashgan "Samarqand Darvoza" savdo majmuasining 3-qavatiga ikki hijobli ayol portlovchi modda oʻrnatgani haqida xabar qilgan

TOSHKENT, 16 may — Sputnik. Joriy yilning 14 may kuni soat 11:00da Shayxontoxur tumanida yashovchi bir fuqaro qoʻngʻiroq qilib, Toshkentdagi "Samarqand Darvoza" savdo majmuasiga bomba qoʻyilgani haqida xabar qilgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB rasmiy saytida xabar qilingan.

Militsiya patrul mashinasi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkent militsiyasiga bir kunda 600dan ziyod murojaat kelib tushdi
Xabarda aytilishicha, Toshkent viloyatida yashovchi fuqaro N.I.Nurbekova (ismi va familiyasi oʻzgartirilgan) "102" xizmatiga qoʻngʻiroq qilib, Qoratosh koʻchasida joylashgan "Samarqand Darvoza" savdo majmuasining 3-qavatiga ikki nomaʼlum hijob oʻrangan ayollar portlovchi modda oʻrnatishgani haqida xabar qilgan.

Ushbu xabardan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB va tuman masʼul xodimlari, tergov-tezkor guruhlari hamda boshqa xizmatlar "Samarqand Darvoza" savdo majmuasi tomon yoʻl olishgan.

"Samarqand Darvoza" savdo majmuasidagi fuqarolar zudlik bilan xavfsiz joyga olib chiqilib, bino koʻzdan kechirilgan.

Savdo majmuasida hech qanday portlovchi modda va boshqa shubhali narsalar aniqlanmagan.

Oʻtkazilgan tezkor surishtiruv davomida, fuqaro N.I.Nurbekova ichki ishlar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini chalgʻitib, yolgʻon habar berganligi aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan tuman IIB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala