Iqtisod

Barcha un va non mahsulotlariga boyituvchi vitaminlar qoʻshiladi

© Sputnik / Aleksandr Kondratyuk / Mediabankka oʻtishBoʻlka non pishirish
Boʻlka non pishirish - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Bugungi kunda “Oʻzdonmahsulot” kompaniyasi tomonidan non mahsulotlari 96 % faqat mineral-vitamin aralashmalari bilan boyitilgan undan tayyorlanmoqda. Birinchi navli un toʻliq hajmda mineral-vitamin aralashmalari bilan boyitilgan holda ishlab chiqariladi

TOSHKENT, 23 may — Sputnik. Oʻzbekistonda kelgusida non mahsulotlarni ishlab chiqarish sohasida bir qator texnik talablar tadbiq etiladi. Ushbu talablar aholini sifatli non va non mahsulotlari, makaron va yorma mahsulotlari bilan taʼminlashga qaratiladi, deb xabar berdi Don mahsulotlari ilmiy-ishlab chiqarish markazi direktori, texnika fanlari doktori Dilorom Gʻafurova.

Rabota ZAO Xlebkombinat Inskoy v Novosibirske - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbek ixtirochilari diabetik non mahsuloti tayyorlash usulini ishlab chiqdilar

Gʻafurovaning soʻzlariga koʻra, hozirgi kunda tarmoqda investitsion loyihalari boʻyicha sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. Soʻngi yetti yilda ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish maqsadida 233 ta sarmoyaviy loyiha amalga oshirildi.

"Asosiy eʼtibor ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini yaxshilashga qaratilmoqda. Masalan, "Oʻzdonmahsulot" kompaniyasida Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita faoliyat koʻrsatmoqda. Qoʻmita tomonidan 2016 yilda jahon standartlari asosida 30 ta normativ hujjat ishlab chiqarilgan. 2017 yilda yana turli mahsulotlar boʻyicha 17 ta hujjat tayyorlanadi," — dedi Dilorom Gʻafurova.

Texnik reglamentlarni ishlab chiqish boʻyicha ekspert kengash faoliyat koʻrsatmoqda. Hozirgi kunda kengash tomonidan 3 ta yirik hujjat tayyorlandi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Don xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida"gi qarori qabul qilingan boʻlib, u 2016 yil oktyabr oyidan kuchga kiradi. Un, yorma mahsulotlari, non hamda makaron mahsulotlarini ishlab chiqarish xavfsizligi boʻyicha maxsus texnik reglamentlar boʻyicha ish olib borilmoqda.

Tuz savdosi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda non mahsulotlaridagi tuz meʼyori tartibga solinadi

"Ushbu reglamentlari xalqaro standartlarga muvofiqlashtirilib, non mahsulotlarini ishlab chiqarish sifatiga ijobiy taʼsir qiladi.

Shu bilan birga, tarmoqda halqaro sifat menejmenti standartlarini tatbiq etish boʻyicha samarali ish olib borilmoqda. Xususan 44 ta faoliyat koʻrsatayotgan korxonalardan 34 tasida ISO 9001 sifat menejmenti tizimi toʻliq joriy etilgan. 2019 yilgacha barcha korxonalarda toʻliq ushbu standartlar tatbiq etiladi",- deb taʼkidladi Dilorom Gʻafurova.

Un va non mahsulotlari sifatini yaxshilash, inson uchun foydali qoʻshimcha mikroelementlar bilan boyitish doimiy eʼtiborda. Xususan, aholi salomatligini taʼminlash, bolalar va ayollarda temir moddasi tanqisligi hamda anemiyaning oldini olish maqsadida tizimdagi korxonalarning tegirmonlarida ishlab chiqarilayotgan birinchi navli un toʻliq mineral-vitamin aralashmalari bilan boyitilmoqda.

Jumladan, 1 tonnaga unga 120 gr vitamin-mineral aralamalar qoʻshiladi. Aralashmaning tarkibiga turli mikroelementlar va 4 xildagi vitaminlar qoʻshiladi. Aralashmalarining tarkibi niatsin, riboflavin, tiamin, foliy kislotasi hamda temir, rux mikroelementlardan tarkib topgan. Bu bugʻdoyni qayta ishlash davomida yoʻqotilgan vitaminlarni toʻldirishga yordam beradi", — deb qoʻshimcha qildi Dilorom Gafurova.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0