Iqtisod

Oʻzbekiston va Turkiya 2 mlrd $lik loyihalar amalga oshiradi

Oʻzbekiston bosh vazir oʻrinbosari Rustam Azimov va Turkiya bosh vazir oʻrinbosari Tugʻrul Turkesh toʻqimachilik, elektrotexnika, farmotsevtika, zamonaviy qurilish hamda turizm sohalari boʻyicha bir qator muhim hujjatlar imzolashdi.

TOSHKENT, 25 may — Sputnik. 2017 yil 25 may kuni Toshkentda Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha toʻrtinchi hukumatlararo komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda Oʻzbekiston bosh vazir oʻrinbosari Rustam Azimov va Turkiya bosh vazir oʻrinbosari Tugʻrul Turkesh oʻzaro hamkorlik aloqalarini rivoshlantirish masalalari muhokama qilishdi.

"Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya yigʻilishi hamda oʻzbek-turk biznes-forumi yakunlari boʻyicha tikuvchilik, elektrotexnika, farmatsevtika, qurilish hamda bank sohasilariga oid, umumiy qiymati 2 mlrd $dan ortiq 30 ta loyihalar boʻyicha hujjatlar toʻplami va bitimlar imzolandi" — dedi bosh vazir oʻrinbosari Rustam Azimov.

"Hukumatlararo komissiya yigʻilishlarini oʻtkazilishi uzoq muddatli tanaffuzdan soʻng mamlakatimiz prezidentlarining erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha amaliy qadam boʻldi", — deb taʼkidladi Turkiya Bosh vazir oʻrinbosari Tugʻrul Turkesh.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Toyib Erdoʻgʻon - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiya va Turkiya munosabatlari tiklandi - Erdoʻgʻon

Turkiya Bosh vazir oʻrinbosari T.Turkeshning soʻzlariga koʻra, erishilgan kelishuvlar tufayli 2017 yilda ikki tomonlama tovar aylanmasini 1,4 mlrd $ga yetkazish imkonini beradi. 2016 yil yakunlariga koʻra, mamlakatlarimiz oʻrtasidagi tovar aylanmasi 1,2 milliard dollarni tashkil qilgan. 

"Yana bir ustuvor yoʻnalishlardan biri bu turizm sohasida hamkorlik qilish" — deb qoʻshimcha qildi Oʻzbekiston bosh vazir oʻrinbosari R.Azimov. Oʻzbekiston qadimiy shaharlarida zamonaviy mehmonxona komplekslarini qurilish, sayohlik infratuzilmani rivojlantirish, turizm sohasida malakali kadrlarni tayyorlash boʻyicha loyihalarni amalga oshirish borasida kelishuvlarga erishildi.

Oʻzbekiston tomoni maʼlumotlariga koʻra, bugungi kunda Oʻzbekistonda turkiyalik investitsiyalar ishtirokida 441 ta korxona faoliyat koʻrsatmoqda, ulardan 94 tasi toʻliq Turkiya sarmoyasi asosida tashkil qilingan.

Eslatib oʻtamiz, 2016 yil noyabr oyida Samarqandda Turkiya prezidenti T.Erdoʻgʻon Oʻzbekiston prezidenti SH.Mirziyoyev bilan uchrashuv oʻtkazilgan edi. Shu yerda ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha "yoʻl xaritasi" muhokama qilingan edi.

2017 yil 26 fevral — 2 mart kunlari Oʻzbekiston bosh vazir oʻrinbosari R.Azimov boshchiligidagi delegatsiya Turkiyaga amalga oshirilgan tashrif davomida iqtisodiyotning turli sohalar boʻyicha 1 mlrd $dan ortiq boʻlgan shartnomalar imzolangan edi. Oxirgi komissiya yigʻilishi 2008 yilda Anqara shahrida oʻtkazilgan edi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala