TOSHKENT, 26 may — Sputnik. Bugun Moskvada MDH mamlakatlari mudofaa vazirlari kengashi tashkil etilganligining 25 yilligi munosabati bilan yigʻilish boʻlib oʻtadi, deb xabar bermoqda RIA Novosti. Yigʻilish Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shogu raisligida oʻtadi.
"Tadbirda Ozarbayjon, Armaniston, Oʻzbekiston, Belorussiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston mudofaa vazirliklari, MDH ijroiya va ishchi organlari hamda SHHT mintaqaviy antiterror tuzilmasi vakillari ishtirok etadi", — deyiladi xabarda.
Yigʻilishda oʻtgan davrdagi harbiy hamkorlik yakunlari sarhisob qilinadi va MDHda harbiy sohadagi koʻp tomonlama hamkorlikni takomillashtirish masalalari muhokama qilinadi.
Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.