Dunyoda

AQShga "xavfli" mamlakatlardan fuqarolar kirishini cheklovchi qonun kerak, dedi Tramp

© Sputnik / Aleksey Filippov / Fotobankka oʻtishAmerika prezidenti Donald Tramp
Amerika prezidenti Donald Tramp - Sputnik Oʻzbekiston
"Bizga siyosiy atama emas, balki odamlarimizni himoya qilishga yordam beradigan hujjat kerak", dedi Tramp

TOSHKENT, 6 iyun — Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp yana bir bor "xavfli" mamlakatlardan fuqarolarga kirishni taʼqiqlash zarurligini taʼkidladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

AQSH elchixonasi - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Tramp farmoni Oʻzbekiston fuqarolariga taalluqli emas - elchixona
"Toʻppa-toʻgʻri, bizga bizning odamlarimizni himoyalashda yordam bermaydigan siyosiy atama emas, balki aniq xavfli davlatlardan fuqarolar kirishini cheklovchi qonun kerak", — deb qayd etgan Amerika prezidenti oʻzining Tvitterdagi sahifasida.

Eslatib oʻtamiz, oltinchi mart kuni Tramp Amerikaga Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi oltita davlatdan fuqarolar kirishini taʼqiqlovchi yangi farmonni imzolagan edi. Amerika maʼlumotlariga koʻra, ushbu davlatlar terrorchilarga yordam beradi yoxud ularga boshpana taqdim etib kelmoqda. Roʻyxatga Sudan, Suriya, Eron, Liviya, Somali va Yaman davlatlari kiritilgan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala