Madaniyat

Insofga kelmagan estrada xonandalari sanʼatkorlar safidan chiqariladi

Estrada xonandalari orasidagi masʼuliyatsiz, faqat oʻzini oʻylaydigan ayrim sanʼatkorlar iloji boricha tarbiyalanishi, agar insofga kelmasa, ular oʻz-oʻzidan sanʼatkorlar safidan chiqarilishi eʼlon qilindi

TOSHKENT, 6 iyun — Sputnik. Kuni kecha "Oʻzbekkontsert" davlat muasasasi tomonidan "Turkiston" saroyida "Qatʼiy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik har bir estrada xonandasining asosiy insoniy fazilatiga aylansin" mavzusida estrada xonandalari bilan yigʻilish tashkil etildi, deb xabar qildi "Oʻzbeknavo" estrada birlashmasi matbuot-xizmati.

Madaniyat
Oʻzbek estradasiga nazar: zamonaviy qoʻshiqlar haqida luqmalar
Majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari Minhojiddin Xojimatov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni masʼul xodimi Abduvahob Saxiyev estrada xonandalari, va Muassasa xodimlari ishtirok etdi.

"Oʻzbekkontsert" davlat muassasasi direktori v.v.b. A.Haydarov soʻzga chiqdi.

© uzbeknavo.uzVstrecha s artistami uzbekskoy estradы v kontsertnom dvortse Turkiston
Vstrecha s artistami uzbekskoy estradы v kontsertnom dvortse Turkiston - Sputnik Oʻzbekiston
Vstrecha s artistami uzbekskoy estradы v kontsertnom dvortse Turkiston

"Boshqalar bilmasa ham, biz oʻz qadrimizni, noyob isteʼdodimizni asrab-avaylashimiz, sanʼatkorning nomini, shaʼni va obroʻ eʼtiborini himoya qilishimiz zarur. Shunday qoʻshiqlar aytaylikki, qoʻshiqning qudratini tushungan imonli, eʼtiqodli kishilar sizlarni oʻgʻil qizlariga ibrat qilib koʻrsatsin. Hamma ham sanʼatkor boʻlolmaydi, faqat Olloh suyib isteʼdod ato etsagina oʻsha inson el nazariga tushadigan xonanda boʻlib tanilishi mumkin.

Xonanda Lola Yoʻldosheva - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Shou-biznesmas, toʻy-biznes: Lola Yoʻldosheva oʻzbek sanʼatkorlarini tanqid qildi
Sanʼatkorlik kasbi esa insondan sabr-toqat va metindek iroda talab qiladi. Chunki, elga tanilgan har bir sanʼatkor omma eʼtiborida boʻlib, ularning ijodi va faoliyati har doim muhokama etib boriladi. Va ular oʻz navbatida tanqidlarga uchrashi ham ehtimoldan holi emas. Sanʼatkor oʻrinli keltirilgan tanqidlardan toʻgʻri xulosa chiqarib oʻz ijodiy faoliyatini davom ettirishi lozim. U oʻshandagina sanʼatkorlik maqomini saqlab qola oladi. Xalq nazarida boʻlgan sanʼatkorlarimiz tinimsiz mehnatda va izlanishda boʻlishlari kerak. Ularning mehnatdan, harakatdan bir lahzaga toʻxtashi omma eʼtiboridan chetda qolishiga sabab boʻladi. Sanʼatning yuki ogʻir. Ammo, buni hamma ham tushunavermaydi, toʻliq anglamaydi.

Achinarli tomoni shundaki, odatda estrada xonandalarining faoliyatini koʻplab boshqa kasb egalari tanqid qiladi.

© uzbeknavo.uzVstrecha s artistami uzbekskoy estradы v kontsertnom dvortse Turkiston
Vstrecha s artistami uzbekskoy estradы v kontsertnom dvortse Turkiston - Sputnik Oʻzbekiston
Vstrecha s artistami uzbekskoy estradы v kontsertnom dvortse Turkiston

Bugungi yigʻilish ana shunday noxush holatlarning oldini olish, xonandalarni qiynayotgan muammolardan xabardor boʻlish, kelgusida oʻzaro kelishib, maslahatlashib ishlashdan iborat" — dedi u.

Estrada xonandalari madaniyat va sanʼat yoʻnalishining koʻpchiligini tashkil etadigan jamoa hisoblanadi. Barcha ahil, hamjihat va hamfikr boʻlsa, oradagi masʼuliyatsiz, faqat oʻzini oʻylaydigan ayrim sanʼatkorlarni iloji boricha tarbiyalanishi, agar insofga kelmasa, ular oʻz-oʻzidan sanʼatkorlar safidan chiqishi taʼkidlandi.

© uzbeknavo.uzVstrecha s artistami uzbekskoy estradы v kontsertnom dvortse Turkiston
Vstrecha s artistami uzbekskoy estradы v kontsertnom dvortse Turkiston - Sputnik Oʻzbekiston
Vstrecha s artistami uzbekskoy estradы v kontsertnom dvortse Turkiston

"Qatʼiy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik har bir estrada xonandasining asosiy insoniy fazilatiga aylansin" mavzusidagi yigʻilish soʻngida Oʻzbekiston taraqqiyoti yoʻlida bir jamoa boʻlib ishlab, ijod qilishga kelishildi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala