Toshkentning eng yaxshi stomatologiya muassasalari reytingi e’lon qilindi

© Sputnik / Kirill Braga / Mediabankka o‘tishRabota klinicheskoy stomatologicheskoy polikliniki
Rabota klinicheskoy stomatologicheskoy polikliniki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Reytingda birinchi o‘rinni 148 ovoz to‘plagan eski ToshMidagi stomatologiya poliklinikasi egalladi

TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Potrebitel.uz jamiyati Toshkentdagi eng yaxshi stomatologiya muassasalari reytingini e’lon qildi, deb yozadi "Podrobno.uz".

Vrach - Sputnik O‘zbekiston
Tibbiyot sohasi ustidan portalga qancha xat kelib tushgani aytildi

Reytingda birinchi o‘rinni 148 ovoz to‘plagan eski ToshMidagi stomatologiya poliklinikasi egalladi. Ikkinchi o‘ringa 49ta ovoz bilan Abay ko‘chasidagi 4-stomatologiya muassasasi joylashdi. Uchinchi o‘rinni 5-stomatologiya poliklinikasi 26 ovoz bilan egalladi.

Eng yaxshi stomatologiya muassasalari o‘ntaligiga shuningdek, Sadaf, Smile dental klinikalari, implantatsiya markazi, "Sport mollari"dagi stomatologiya, Dental clinic, Qatortoldagi klinika va 1-hukumat shifoxonasidagi stomatologiya kirdi.

Iste’molchilar hamjamiyatida ushbu mavzu bir yarim yil davomida 236-marta muhokama qilingan. Foydalanuvchilar eng yaxshi stomatologiya klinikasini aniqlash borasida 636 tavsiyanoma berishgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0