Dunyoda

Tojikiston prezidentining qizi diplomatiya sirlari haqida kitob yozdi

© Sputnik / Sergey Pyatakov / Fotobankka oʻtishPrezident Tadjikistana Emomali Raxmon
Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon - Sputnik Oʻzbekiston
Asarda Tojikiston diplomatiyasining strategik maqsadlarni amalga oshirishga doir vazifalari, Tojikistonning BMT va boshqa mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorligi toʻgʻrisida toʻxtalgan, tojik diplomatiyasining qisqa tarixi va mamlakatning xorijdagi vakolatxonalari hamda konsullik muassasalari haqida umumiy maʼlumotlar keltirilgan

TOSHKENT, 8 iyun — Sputnik. Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi xalqaro tashkilotlar boshqarmasi rahbari oʻrinbosari, mamlakat rahbarining qizi — Ruhshona Rahmonovaning "Diplomatik xizmat asoslari" nomli kitobi taqdimoti marosimi boʻlib oʻtdi, deb xabar qildi vazirlik matbuot-xizmati.

Rahmon Ozoda Emomali - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Emomali Rahmonning qizi dunyoning eng omadli ayollari roʻyxatiga kiritildi
Tadbirda vazirlik xodimlari, diplomatik xizmat veteranlari, olimlar va xalqaro munosabatlar mutaxassislari ishtirok etishgan.

Tadbirda chiqish qilganlar "Diplomatik xizmat asoslari" kitobi Tojikiston tashqi siyosatidagi asosiy siyosiy va huquqiy asoslar bayon etilgan birinchi asar boʻlganini taʼkidlashgan. Taʼkidlanishicha, asarda Tojikiston diplomatiyasining strategik maqsadlarni amalga oshirishdagi vazifalari, mamlakatdagi masalalar, Tojikiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorligi toʻgʻrisida toʻxtalgan. Shuningdek, tojik diplomatiyasining qisqa tarixi va Tojikistonning xorijdagi vakolatxonalari hamda konsullik muassasalari haqida umumiy maʼlumotlar keltirilgan.

© MID TadjikistanaPrezentatsiya knigi "Osnovы diplomaticheskoy slujbы"
Prezentatsiya knigi Osnovы diplomaticheskoy slujbы - Sputnik Oʻzbekiston
Prezentatsiya knigi "Osnovы diplomaticheskoy slujbы"

Kitobga shuningdek, diplomatik xizmat va xalqaro munosabatlarni tartibga solib turuvchi normativ-huquqiy hujjatlar hamda diplomatik terminlarning qisqacha lugʻati ilova qilingan. 

Eslatib oʻtamiz, Tojikiston prezidenti toʻqqiz nafar farzand — yetti qiz va ikki oʻgʻilning otasi. Rahmonning eng kenja oʻgʻli — Somoniy — maktabda oʻqiydi. 28 yashar Rustam Emomali esa Dushanbe meri etib tayinlangan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala