Shavkat Mirziyoyev EKSPO-2017 xalqaro ko‘rgazmasi ochilish marosimida ishtirok etdi

© Press-slujba Prezidenta RF / Mediabankka o‘tish9 iyunya 2017. Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev i prezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev na otkritii mejdunarodnoy spetsializirovannoy vistavki "Astana EKSPO 2017".
9 iyunya 2017. Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev i prezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev na otkritii mejdunarodnoy spetsializirovannoy vistavki Astana EKSPO 2017. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ko‘rgazmada 120 dan ziyod davlat o‘zining texnologik, ilmiy, madaniy yutuqlarini namoyish etmoqda

TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. Kecha Ostonadagi EKSPO-2017 xalqaro ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. Bu haqda prezident veb-saytida xabar qilindi.

Ko‘rgazmada O‘zbekiston, Rossiya, AQSh, Xitoy, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Hindiston, Vyetnam, Armaniston, Pokiston, Ozarbayjon, Belarus, Kuba, Turkmaniston, Ruminiya, Braziliya singari 120 dan ziyod davlat o‘zining texnologik, ilmiy, madaniy yutuqlarini namoyish etmoqda.

O‘zbekiston mahsulotlari Ostonadagi EKSPO - 2017 ko‘rgazmasida namoyish etilmoqda

Ko‘rgazmada O‘zbekiston faol ishtirok etayotgani ekspertlar tomonidan e’tirof etilmoqda. O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar namoyishi uchun ikki qavatli bino ajratilgan.

O‘zbekiston pavilonining birinchi qavati 630 kvadrat metr maydonni egallagan. Bu yerda quyosh, shamol va suv, ya’ni kelajak energiyasi mahsulotlari namoyish etilmoqda.

O‘zbekiston pavilonidan o‘rin olgan quyosh energiyasi stendi 2030-yilda avtomobillarni quyosh nuri yordamida qanday quvvatlantirish mumkin ekani amalda namoyish etilmoqda va bu ko‘rgazma ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otayotir.

Umumiy maydoni 550 kvadrat metrni tashkil etgan ikkinchi qavatda O‘zbekistonning transport va logistika, turizm sohalari hamda oziq-ovqat, vino va sharbat tayyorlash sanoatida erishilgan yutuqlar, o‘zbek milliy taomlari namoyish etilmoqda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0