Hodisalar

"Ippodrom" bozoridan 25 ming dollarga doʻkon olib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

Erali Sobirov tanishi Nurali Rizaqulovning gaplariga ishonib, "u menga Ippodromdan doʻkon olib beradi", degan xomxayol bilan 25.500 dollar pulini firibgarga tutqazadi

TOSHKENT, 12 iyun — Sputnik. 2015 yilning taxminan may oyida, muqaddam firibgarlik jinoyatini sodir etganligi uchun sudlangan Nurali Rizaqulov tanishi Erali Sobirovning ishonchiga kirib, unga "Otchopar" bozoridan doʻkon olib berishni vaʼda qiladi. Bu "himmati" evaziga firibgar Sobirovdan 25 500 AQSH dollari miqdoridagi pul mablagʻlari olgan va pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

AQSH dollari - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Fargʻonada yirik zavodda ish oʻrnini salkam 1,5 ming $ga sotgan firibgar qoʻlga olindi
Toshkent shahar IIBB matbuot-xizmati xabariga koʻra, shundan soʻng, Sobirov ikki yil davomida pullarini qaytarolmay sarson boʻladi. U Rizakulovdan vaʼdasini bajarishini yoki pullarini qaytarib berishini talab qilganida, firibgar har safar turli xil bahonalar toʻqiydi. Mana shundan soʻng Sobirov huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yordam soʻrab, ariza bilan murojaat qiladi.

2017 yilning 5 iyun kuni, Sobirovning arizasiga koʻra Yashnobod tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning firibgarlik, yaʼni oʻzganing mulkini aldash va ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan koʻp miqdorda qoʻlga kiritish alomatlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Rizaqulovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala