Hodisalar

Bortida 9 nafar oʻzbekistonlik jasadi ortilgan samolyot Oʻzbekistonga uchdi

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishSamolet
Samolet - Sputnik Oʻzbekiston
Yoʻl-transport hodisasida jabrlanganlar yuklangan samolyot Oʻzbekistonga uchib ketdi

TOSHKENT, 24 iyun — Sputnik. 2017-yilning 24-iyun kuni Qozogʻistonning Aktobe viloyati hududida yuz bergan yoʻl-transport hodisasi natijasida halok boʻlgan 9 kishining jasadi va 38 nafar jarohatlanganlar yuklangan maxsus samolyot Oʻzbekistonga qaytdi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Tashqi ishlar mahkamasi.

Gullar - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Oʻzbekiston rahbariyati avariyada halok boʻlganlar oila aʼzolariga hamdardlik bildirdi
"Oʻtgan tunda Aktobe shahriga borgan Oʻzbekistonning Qozogʻistondagi Elchixonasi konsullik boʻlimi xodimlari tomonidan respublika va mahalliy hokimiyat organlari yordamida jabrlanganlarni vatanga qaytarish uchun barcha tashkiliy masalalar hal qilindi", deyiladi xabarda.

Mamlakat rahbariyati topshirigʻiga binoan yetib borgan Oʻzbekiston Mudofaa vazirligining tibbiyot xodimlari mahalliy shifokorlar bilan birgalikda davolanayotgan Oʻzbekiston fuqarolarini koʻzdan kechirganlari va barchaga vatanga qaytarishga ruxsat berganlari aytilmoqda.

Oʻzbekiston Elchixonasi maʼlumotiga koʻra, Aktoʻbe shahri aeroportidan erta tongda maxsus samolyot Oʻzbekistonga yoʻl olgan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala