Siyosat

Shavkat Mirziyoyev "Lukoyl" kompaniyasi rahbarini qabul qildi

© Sputnik / Mixail Mokrushin / Fotobankka oʻtishLukoyl kompniyasi xodimi
Lukoyl kompniyasi xodimi - Sputnik Oʻzbekiston
Vagit Alekperov Shavkat Mirziyoyevga qabul va Oʻzbekistonda "Lukoyl" kompaniyasi loyihalari qoʻllab-quvvatlanayotgani uchun samimiy minnatdorlik izhor etdi, neft-gaz sohasida keng koʻlamli oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanini taʼkidladi

TOSHKENT, 29 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 iyun kuni mamlakatga amaliy tashrif bilan kelgan Rossiyaning "Lukoyl" kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperovni qabul qildi, deb xabar qildi Oʻzbekiston prezidenti matbuot-xizmati.

Ofis kompanii Lukoyl v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
"Lukoyl" butun Oʻzbekiston boʻylab yonilgʻi quyish shoxobchalari quradi
Mirziyoyev mehmonni qutlar ekan, Rossiyaning neft-gaz sohasidagi ushbu kompaniyasi bilan samarali hamkorlik izchil rivojlanayotganini mamnuniyat bilan taʼkidladi.

Jahonning yetakchi neft-gaz korporatsiyalaridan biri boʻlgan "Lukoyl" Oʻzbekistonda istiqbolli konlarni qidirish va oʻzlashtirish, uglevodorod xomashyosini chuqur qayta ishlash, tayyor mahsulotni ichki va tashqi bozorlarga sotish kabi qator yirik investitsiya loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.

Ayni paytda Ustyurt blokini geologik oʻrganish va Janubi-gʻarbiy Hisor neft-gazkondensat konini oʻzlashtirish ishlari hamkorlikda olib borilmoqda.

Qandim konlar guruhini tartibga keltirish va gazni qayta ishlaydigan zamonaviy majmuani barpo etish ishlari bajarilmoqda. Mazkur zavod yaqin istiqbolda yiliga 8 milliard kub metrdan ziyod tabiiy gazni qayta ishlab, xaridorgir gaz mahsulotlari ishlab chiqaradi.

Emblema kompanii Lukoyl - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
“Lukoyl” Oʻzbekiston yoshlarining tahsil olishiga koʻmaklashadi
Bundan tashqari "Havzak" va "Shodi" konlari oʻzlashtirilmoqda, Qoʻngʻirot uchastkasida geologiya-qidiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Bugungi kunda "Lukoyl" kompaniyasi tomonidan mamlakatimiz neft-gaz sohasidagi qoʻshma loyihalarga jalb etilgan investitsiyalar hajmi 6,3 milliard dollarni tashkil etadi.

Uchrashuvda uzoq muddatli hamkorlikning amaldagi loyihalarini amalga oshirish va istiqbolli loyihalarni tayyorlash masalalari atroflicha muhokama qilindi. Qazib olinadigan tabiiy gazni chuqur qayta ishlashga doir yangi loyihalar, shuningdek, soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash boʻyicha hamkorlikka alohida eʼtibor qaratildi.

Vagit Alekperov Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga qabul va Oʻzbekistonda "Lukoyl" kompaniyasi loyihalari qoʻllab-quvvatlanayotgani uchun samimiy minnatdorlik izhor etdi, neft-gaz sohasida keng koʻlamli oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanini taʼkidladi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala