Jamiyat

Umra ziyoratchilari Oʻzbekistonga qaytdi

© religions.uz"Umra - 2017" Ramazon mavsumi ziyoratchilari Oʻzbekistonga qaytmoqda
Umra - 2017 Ramazon mavsumi ziyoratchilari Oʻzbekistonga qaytmoqda - Sputnik Oʻzbekiston
"Guruhboshilarning ibodatlarimizga bergan ahamiyati, shifokorlarning xush muomalaliligi, oshpazlarning milliy taomlarni tayyorlashda mahorati - hammasi oʻz vaqtida, joyida boʻldi", deb aytgan ziyoratchilardan biri

TOSHKENT, 29 iyun — Sputnik. 28 iyun kuni kechqurun oʻzbekistonlik "Umra-2017" Ramazon mavsumi ziyoratchilari Vatanga sogʻ-salomat qaytdilar, deb xabar qildi Din ishlari boʻyicha qoʻmita matbuot-xizmati.

Makka shahri - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Hajga kvotalar soni yana toʻrt mingtaga oshirildi
"Ziyoratchilarni kutib olish Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida amalga oshirildi. Koʻtarinki kayfiyatda qaytgan ziyoratchilarimiz yuqori saviyada tashkil etilgan ziyorat uchun oʻz minnatdorchiliklarini bildirdilar", — deyiladi xabarda.

"Avvalambor, bunday xayrli ishlar boshida turib, biz kabi ziyoratchilarga alohida eʼtibor qaratib kelayotgan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga oʻz tashakkurlarimizni bildiramiz. Ziyoratchilar ibodatlarini amalga oshirishlari uchun barcha qulay shart-sharoitlar yaratilgan. Bunday tartib bilan tashkil etilgan ziyorat faqat tahsinga sazovor. Ishchi guruhning joylardagi harakatlari, guruhboshilarning ibodatlarimizga bergan ahamiyati, shifokorlarning xush muomalaliligi, oshpazlarning milliy taomlarni tayyorlashda mahorati — hammasi oʻz vaqtida, joyida boʻldi. Biz Yurtimiz tinchligi, obod va farovonligini tilab muborak qadamjolarda duolar qildik", — deb aytgan Haj ziyoratidan qatygan xorazmlik Shirin Matkurbanova.

Eslatib oʻtamiz, ziyoratchilarning oxirgi guruhlari 29 iyun kuni Toshkentga qaytib keladilar.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala